Germaniyaning sobiq mustamlakasi bölgan Namibiyada navbatdagi hududiy saylovlarga tayyorgarlik körilmoqda va nomzodlardan biri doimiy ravişda jahon ommaviy axborot vositalarining e’tiborini tortmoqda. Gap hukmron SWAPO partiyasidan Ompunja okrugining amaldagi vakili – Adolf Hitler Uunona haqida ketmoqda.
Uunona muvaffaqiyatli va maşhur mahalliy siyosatçi bölib, birinçi marta 2004 yilda saylangan. Uning beşinçi marta öz lavozimiga nomzodini qöyiş haqidagi qarori namibiyaliklar uçun oddiy yangilik bölsa-da, mamlakat taşqarisida doimiy ravişda hayrat va qiziqiş uyğotadi.
Uunona sözlariga köra, uning otasi, ehtimol, öğliga ism qöyiş paytida «Adolf Hitler kim bölganini yaxşi anglamagan». U öz şaxsiy dunyoqaraşi natsizm ğoyasiga butunlay zid ekanini ta’kidlaydi.
«Men jahon hukmronligiga intilmayman. Men faqat öz xalqim uçun işlaşni xohlayman», dedi Uunona intervyularidan birida.
Namibiya (ilgari – Germaniyaning Janubi-Ğarbiy Afrikasi) 1884 yildan 1915 yilgaça davom etgan Germaniya mustamlakaçilik boşqaruvi izlarini hali ham saqlab turibdi. Nemis ismlari va familiyalari bu yerda kamyob emas va ba’zi hollarda bu şunday tarixiy tasodiflarga olib keladi.
Jahon miqyosidagi şov-şuvga qaramay, mahalliy darajada siyosatçining ğalati ismi unga keng qöllab-quvvatlanişga ega bölişga tösqinlik qilmaydi. Ompundja okrugidagi saylovçilar uning faoliyatini tarixiy şaxs bilan mos kelgan ismiga qarab emas, balki aniq yutuqlariga qarab baholaydi.












