2026-yil oktabrida eʼlon qilingan AQŞ Kongressi hisobotida tanişuv ilovalaridagi firibgarlik holatlari körib çiqilgan. Kongress Match Group va boşqa kompaniyalarni tanişuv ilovalaridagi firibgarlik qurbonlariga köproq yordam berişga çaqirdi. Qurbonlardan biri Meri 2024-yilda tanişuv ilovasida bir erkak bilan tanişadi. U yangi munosabatlar qurişni istagan edi. Ammo bu tanişuv uni qariyb 100 ming dollardan ayirgan romantik firibgarlik bilan yakunlandi.

Familiyasi oşkor etilmasligini söragan Merining aytişiça, dastlab ular köp gaplaşgan. Keyin erkak uni tinmay bezovta qiliş, bosim ötkaziş va qayta-qayta pul söraşni boşlagan. Voqealar juda tez rivojlangan. Ilovalarda unga öxşab aldangan boşqa jabrlanuvçilar ham bor.

Romantik firibgarlik – jinoyatçilar jabrlanuvçilar bilan munosabat örnatib, ulardan pul yoki sovğalar olişga urinadigan firibgarlik turidir. Senatorlar bunday jinoyatlar AQŞda moliyaviy firibgarlikning keng tarqalgan şakllaridan biriga aylanganini va amerikaliklarga yiliga kamida 1,3 milliard dollar zarar yetkazayotganini bildirgan.

Firibgarlar millionlab foydalanuvçilar bilan aloqa örnatgan

2026-yil 14-oktabr kuni eʼlon qilingan hisobotda Match Group taqdim etgan içki hujjatlar va maʼlumotlar tahlil qilingan. 2025-yilning ikkinçi yarmiga kelib, tanişuv ilovalari firibgarlar va boşqa qoidabuzarlarni aniqlaşda foydalanadigan maşinali örganiş modellarining aksariyatini bir neça yil davomida yangilamagan. Natijada platforma şubhali akkauntlarni avvalgidek işonçli aniqlay olmagan.

Match Group taqdim etgan maʼlumotlar yana bir holatni körsatgan: 2025-yilning uçinçi çoragigaça AQŞda Tinder va Hinge platformalaridagi firibgarlar yoki boşqa qoidabuzarlarga tegişli qariyb 1,5 million akkaunt kamida bitta foydalanuvçi bilan topişgan, yaʼni munosabat örnatgan. Uşbu akkauntlarning qariyb 500 mingtasi boşqa foydalanuvçi bilan aloqa maʼlumotlarini ham almaşgan.

«Ular sizni tinç qöymaydi»

Meri firibgar bilan muloqot qilgan paytida uning haqiqiy şaxs ekanini aniqlaşga uringan. Uning aytişiça, erkak doimiy ravişda aloqaga çiqqan va Merining qayerda yaşaşini ham bilgan. Erkak pul işi bilan boğliq xarajatlar va şoşilinç tibbiy ehtiyojlar uçun kerakligini aytgan.

«Ular sizni heç qaçon tinç qöymaydi. Men buni girdobga tuşib qolişga öxşataman. Nima bölayotganini özingiz ham sezmay qolasiz. Pul yuborasiz, summa esa köpayib boraveradi. Lekin har safar pul yuborganingizda bu oldingi tölovlar bilan boğliqdek tuyulmaydi. Nihoyat, qança pul yöqotganimni anglaganimda hayratda qoldim», - degan u.