Yaponiyalik tadqiqotçilar mahsulotlarni qaysi tartibda isteʼmol qiliş organizmning glyukozaga javobini qanday özgartirişini örgangan. Ilmiy iş Diabetes jurnalida eʼlon qilingan.
Tajribada bir guruh siçqonga avval zaytun moyi, 15 daqiqadan keyin glyukoza berilgan. Ikkinçi guruhda esa ketma-ketlik teskari bölgan.
Olimlar yoğning oldin berilişi oşqozonning böşaşini sekinlaştirişini kuzatgan. Natijada glyukoza ingiçka içakka asta-sekin ötgan va qondagi qand darajasi keskin kötarilmagan.
Tahlillar bu jarayon faqat ovqatning oşqozonda uzoqroq qolişi bilan çeklanmasligini körsatgan. Zaytun moyi içakdagi GLP-1 va GIP gormonlari ajralişini kuçaytirgan, şuningdek, boş miyani hazm aʼzolari bilan boğlovçi adaşgan nervning signal yöllarini faollaştirgan.
Tadqiqotda glyukagon gormonining roli ham eʼtibor tortgan. Odatda qondagi qandni oşiriş bilan boğliq bu gormon mazkur tajriba şaroitida GLP-1 bilan birgalikda glyukozaning keskin kötarilişini çeklaşga yordam bergan.
Mualliflarga köra, aniqlangan mexanizm mahsulotlarni isteʼmol qiliş ketma-ketligi qand darajasiga qanday taʼsir körsatişini tuşunişga yordam beradi.
Biroq siçqonlardagi natija odamlarda ham aynan şunday samara bölişini anglatmaydi. Insonlar uçun taʼsir darajasi, maqbul miqdor va xavfsizlikni baholaşga qaratilgan klinik sinovlar hali ötkazilişi kerak. Şu bois bu iş zaytun moyini diabet davosi yoki dorilar örnini bosuvçi vosita sifatida tavsiya qilişga asos bölmaydi.













