DW xabariga köra, Tramp bu haqda 18-oktabr kuni Truth Social ijtimoiy tarmoğida yozgan. Isroil parlamenti - Knessetga saylovlar 27-oktabrga belgilangan.
AQŞ prezidenti Netanyahuni qöllaşini Eronga qarşi hamkorlik bilan boğlagan. Uning aytişiça, Isroilga boşqa rahbar kelsa, Vaşington Eronga mustaqil qarşi turişiga töğri keladi. Tramp bunday yöl tutiş niyati yöqligini taʼkidlagan.
Şuningdek, u Netanyahu hukumati bilan birgalikda Eron rejimiga harbiy va moliyaviy jihatdan zarba berilayotganini daʼvo qilgan. Tehron öz siyosatini özgartirmasa, bosim davom etişini bildirgan.
The Jerusalem Post keltirgan sörov natijalariga köra, «Likud» saylovda 19 ta, Isroil armiyasining sobiq boş qömondoni Gadi Ayzenkotning «Yaşar» partiyasi esa 22 ta mandat olişi mumkin. Biroq hukumat tarafdorlari va muxolifat bloklarining umumiy imkoniyatlari bir-biriga yaqinligiça qolmoqda.
Knessetda köpçilikni şakllantiriş uçun 120 örindan kamida 61 tasini birlaştiriş zarur. Şu bois alohida partiyaning birinçi örinni egallaşi uning hukumat tuzişini avtomatik ravişda taʼminlamaydi.
AP agentligiga köra, ehtimoliy ssenariylardan biri - muxolifatning söl, markazçi va öng partiyalarni bir koalitsiyaga birlaştirişga urinişi. Ikkinçi variant esa Netanyahu partiyasining öta öng siyosiy kuçlar bilan ittifoqini davom ettirişidir.
Bunday şaroitda arab partiyalari muhim örin tutişi mumkin. Ular manfaatlarini ifodalaydigan arab aholi mamlakatda ovoz beriş huquqiga ega fuqarolarning taxminan 20 foizini taşkil etadi. Sörovlarda arab partiyalariga 13–15 ta mandat prognoz qilinmoqda.
Biroq siyosiy kuçlar örtasidagi kelişmovçiliklar koalitsiya tuzişni qiyinlaştirişi mumkin. AP bahosiga köra, heç bir tomon parlament köpçiligini şakllantira olmasa, Isroilda siyosiy inqiroz çözilişi va yana saylov ötkazilişi ehtimoli bor.








