Uçinçi bola darhol kattalarni çaqiriş uçun yugurib ketadi. Şu atrofdan ötib ketayotgan bir oila Adamni qutqarişga muvaffaq böladi. Ammo Xizir daryoning şiddatli oqimiga qarşi tura olmaydi va suv uni oqizib ketadi.

Xizirni qidiriş işlari olti sutkadan buyon davom etmoqda.

Kiçik qahramonning jasorati misli körilmagan aks-sado berib, butun Kavkazni birlaştirdi.

Qidiruv operatsiyasi

Hozirda Xizirni qidiruv-qutqaruv operatsiyasida 20 mingdan ortiq kişi iştirok etmoqda. Ular orasida mahalliy aholi, köngillilar, Doğiston, Şimoliy Osetiya, Çeçeniston va Kabarda-Balqariyadan kelganlar, qutqaruv xizmatlari vakillari bor.

Ayrimlar daryo özanini tinimsiz tekşirmoqda, boşqalar esa qidiruv operatsiyasi iştirokçilariga oziq-ovqat va suv yetkazib bermoqda. Bir daqiqaga ham töxtamayotgan qidiruv operatsiyasida har bir iştirokçi beqiyos yordam körsatmoqda.

Hodisa joyida keçayu kunduz işlaydigan tezkor ştab taşkil etilgan bölib, operatsiya borişini Inguşetiya rahbari Mahmud-Ali Kalimatov şaxsan nazorat qilmoqda.

Operatsiyaga qayiqlar, uçuvçisiz uçiş qurilmalari va boşqa maxsus texnika jalb qilingan.

Kiçik qahramonni qidiriş işlariga Rossiya FVVning Çeçeniston Respublikasi böyiça boş boşqarmasi xodimlari, Ahmad hoji Qodirov nomidagi maxsus politsiya polki askarlari ham qöşilgan. Şuningdek, polkning dronlar bölinmasidan ham foydalanilmoqda.

Xalqlar birligi

Xizir qidirilayotgan daryoda bugun oddiy qutqaruv operatsiyasi emas, balki birodarlik, birdamlik va xalqlar örtasidagi hurmat aks etmoqda. 

Maxsus xizmatlar xodimlari va köngillilar bir neça kun davomida Sunja daryosining özanini tekşirib çiqişdi, ammo natija bölmadi. Şundan söng daryo oqimini tösişga qaror qilindi.