Özbekiston raqamli reklama bozori xaosdan tizimga ötmoqda: Sohadagi muammolar qanday hal qilinadi?
|09:531 36310 min
Reklama
Bugungi kunda Özbekistonda inflyuyenser-marketing, yaʼni ijtimoiy tarmoqlardagi blogerlar va kanallar orqali reklama beriş bozori misli körilmagan darajada jadal rivojlanmoqda. Norasmiy hisob-kitoblarga köra, uşbu raqamli bozor hajmi 100 million dollardan oşib ketgan. Ammo sohaning nisbatan yoşligi sababli, uning katta qismi hamon eskiça, “qölbola” usullarda boşqarilayotgani sir emas. Şu örinda bozorga şaffoflik va tizimlilik olib kiriş maqsadida mahalliy startaplar öz texnologik yeçimlarini taklif qila boşladi. Xöş, raqamli reklama bozoridagi asosiy muammolar nimalardan iborat va zamonaviy texnologiyalar ularni qanday hal qilmoqda?
Bozor hajmi katta, ammo tizim va tartib yöq
Marketing sohasi mutaxassislari, SMM-menejerlar va bevosita biznes egalari uçun Telegram yoki Instagram orqali reklama beriş jarayoni köpinça haqiqiy boş oğriğiga aylanadi. Odatda, reklama kampaniyasini işga tuşiriş uçun önlab, baʼzan yuzlab kanallar maʼmurlari bilan alohida muloqot qiliş, savdolaşiş, tölovlarni xususiy kartalarga ötkaziş va nihoyat, post öz vaqtida çiqqanini qölda nazorat qiliş talab etiladi.
Loyiha hamasosçilaridan biri Abror Ismoilov vaziyatni şunday tuşuntiradi: “Reklama bozoridagi eng katta muammolardan biri - şaffoflikning yetişmasligi. Adolatli narx, oçiq statistika va mablağ xavfsizligi böyiça işonç bölişi kerak. 10 ta reklama joylaştiriş - 10 ta admin bilan alohida çat degani. Buni 100 taga köpaytirsangiz, 30 yoşda soç oqarişi mumkin”.
Haqiqatan ham, bozorning yozişmalar va elektron jadvallar (Excel) ustiga qurilgan eskiça modeli qator xatarlarni keltirib çiqaradi. Birinçidan, tölov qilingaç post çiqarilmasligi yoki muddatlarning buzilişi kabi holatlar tez-tez uçrab turadi. Ikkinçidan, statistika köpinça işonçsiz bölib, buyurtmaçi faqat oçiq körinib turgan raqamlarga işonişga majbur böladi. Uçinçidan, byurokratiya va rasmiy yopuvçi hisobotlarning yöqligi yirik korporativ brendlar uçun byudjet mablağlarini töğri sarflaşda jiddiy tösiq hisoblanadi.
Yeçim - inson omilini kamaytiriş, AI va avtomatlaştiriş
Yuqoridagi muammolarga yeçim sifatida yaratilgan Blogix
platformasi bozorda mutlaqo yangi, avtomatlaştirilgan mexanizmni joriy etdi. Mazkur platforma reklama kampaniyalarini işga tuşiriş uçun yagona tizim bölib, reklama beruvçiga eng samarali maydonlarni tanlaşdan tortib, natijalarni tahlil qiliş va buxgalteriya hujjatlarini olişgaça bölgan barça murakkab bosqiçlarni bitta joyda boşqariş imkonini beradi.
Tizimning işlaş prinsipi barça jarayonlarni osonlaştirişga qaratilgan. Yaqinda tizimda işga tuşirilgan AI çat-yordamçi (sunʼiy intellekt) orqali mijoz öz biznes yönalişi va byudjetiga mos keladigan kanallarni avtomatik tarzda topişi mumkin. Çat-yordamçi, şuningdek, yangi qöşilgan blogerlar va adminlarga platformada işlaş yöriqnomasini ham batafsil tuşuntirib beradi. Reklama matni masalasida ham qulaylik yaratilgan - mijoz tayyor reklama postini joylaştirişi yoki platformadagi AI yordamçisi orqali samarali reklama matnini yaratişi mumkin. Statistik maʼlumotlar ham endi real vaqt rejimida yangilanadi, bu esa reklama beruvçilarga eng sönggi raqamlarni köriş imkonini beradi.
Eng muhim jihatlardan biri bu – “Xavfsiz bitim” mexanizmidir. Tizimda platforma mijoz mablağlarining xolis kafolatçisi sifatida işlaydi: agar belgilangan şartlar bajarilmasa va reklama qoidaga muvofiq joylaştirilmasa, mablağ mijoz balansiga avtomatik ravişda qaytariladi. Bu mexanizm reklama beruvçilarning moliyaviy xatarlarini amalda nolga tuşiradi. Şuningdek, reklama beruvçi navbat kutmasdan, kampaniyani istalgan vaqtda, 24/7 rejimida mustaqil ravişda işga tuşirişi mumkin.
Qonuniylik va blogerlar uçun yangi davr
Sönggi vaqtlarda Davlat soliq qömitasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda kontent yaratuvçi blogerlar va inflyuyenserlar faoliyatiga eʼtibor kuçaytirilgani kuzatilmoqda. Köpgina kanallar egalari reklama va turli hamkorliklardan daromad olsalar-da, faoliyatlarini rasmiylaştirmasdan, norasmiy usullarda işlab kelişgan. Endilikda qonunçilik talablari uşbu daromadlarni legallaştirişni taqozo etyapti.
Aynan şu örinda zamonaviy platformalar nafaqat buyurtmaçiga, balki ijodkorlarga ham kömakka keladi. Tizim Didox bilan töğridan-töğri integratsiya qilingan bölib, rasmiy hujjat aylanişi va buxgalteriya uçun yopuvçi hujjatlarni oliş jarayonini töliq avtomatlaştiriş imkonini beradi. Natijada öz faoliyatini rasmiylaştirgan, vijdonan işlaydigan blogerlar ortiqça qoğozbozliksiz, birgina tugma orqali platformada röyxatdan ötib rasmiy buyurtmalarni qabul qilişlari va daromadlarini qonuniy doiraga olib kirişlari mumkin böladi.
Raqamlar va investitsiyalar nima deydi?
Har qanday startap yoki loyihaning işonçliligini uning erişayotgan raqamlari tasdiqlaydi. Mahalliy vençur fondlari va tadbirkorlar aynan şu salohiyatni köra olişdi. Loyiha asosçisi va boş direktori (CEO) Şahzod Abduraimov bu borada şunday deydi: “Taqdim etayotgan texnologik yeçimimiz va bozor salohiyatimiz investorlar işonçini oqlamoqda. Xususan, platformamizga AloqaVentures fondi tomonidan loyihani yanada rivojlantiriş va kelgusida Markaziy Osiyo bozorlariga çiqiş maqsadida 120 ming dollar sarmoya kiritildi”.
Tizim körsatkiçlariga yuzlanadigan bölsak, qisqa vaqt içida platforma orqali jami 1209 ta reklama kampaniyasi muvaffaqiyatli işga tuşirilgan va qariyb 9 mingta reklama posti çiqarilgan. Baza muntazam ravişda tasdiqlangan kanallar bilan kengayib bormoqda va hozirgi kunda u 1 500 dan ortiq reklama maydonlarini öz içiga oladi. Uşbu tizim doirasida 46 ta biznes-mijozlarga 1013 ta Telegram kanali, 451 ta Instagram akkaunti va 39 ta YouTube sahifalari xizmat körsatmoqda.
Platformaning qulayligini uning takroriy mijozlarida ham köriş mumkin - foydalanuvçilarning 89 foizi takroriy kampaniyalarni amalga oşiradi. Uşbu işonç tufayli tizim bugungi kunda AgroBank, Ishonch, BMB Media va HamkorBank kabi yirik brendlar hamda kompaniyalar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda.
Haqiqiy keyslar: B2B’dan xalqaro darajagaça
Marketingda çiroyli raqamlardan köra aniq konversiya va qilingan savdo muhimroq. Tizimli yondaşuv amalda qanday işlaşiga bir neçta real keyslarni misol qilib keltiriş mumkin. Didox hujjat aylanişi tizimi özining B2B tarmoğidagi foydalanuvçilariga korporativ kartalarni tarğib qiliş maqsadida platforma orqali 22 ta kanal tanladi. Natijada esa ular 840 ta real, maqsadli va yirik tadbirkorlardan taşkil topgan buyurtmalarni qölga kiritdilar. Mazkur buyurtmada har bir potensial xaridorga yetkazilgan maʼlumot qamrovi bor-yöği 79 sömni taşkil etgan. Öz navbatida Blogix ham reklama va PR-tadbirlar sifatida 64 ta kanal orqali 3 bosqiçli tarğibot işlarini olib borib, saytga 4500 ga yaqin ötiş va 469 ta foydalanuvçini platforma tizimida röyxatdan ötkazişga muvaffaq böldi.
Dunyodagi eng yirik xalqaro reklama guruhlaridan biri bölgan IPG (Interpublis Group) tarmoğining Özbekistondagi vakili hisoblanmiş McCann Group ham Blogix platformasi orqali “Honor” brendi reklama kampaniyasini amalga oşirdi. Natijalar esa kutilganidan ham yuqori: mijoz talabi 6.8 mlndan ziyod körişlarga erişiş bölgan bölsa, amaliy natija 10 mlndan oşiq auditoriyani qamrab oldi.
Turizm sohasida faoliyat yurituvçi Losas agentligi bir kunlik kampaniya davomida 367 mingdan ortiq kişini qamrab oldi. Bu reklama şunçaki “közga taşlaniş” bölib qolmasdan, kelib tuşgan murojaatlar orqali töliq tur-paket savdosiga aylandi. “Arzon Texnika” dökoni öz aksiyasini reklama qiliş uçun vositaçilar va agentliklarsiz mustaqil ravişda kampaniya işga tuşirdi. Bor-yöği 48 soat içida reklama 382 ming kişiga yetib bordi va 30 dan ortiq tayyor xaridor töğridan-töğri dökonga qönğiroq qildi. OVVA platformasining JÇ-2026 translyatsiyasi anonsi ham bitta kampaniya orqali 282 700 kişilik auditoriyani qamrab olişga va şundan 600 nafar bevosita maqsadli tomoşabinni zudlik bilan platformaga ötkazişga muvaffaq böldi. Barça natijalar kampaniya yakunida real vaqt rejimidagi körişlar soni, naşr vaqti, havola va hatto postning skrinşotlarini öz içiga olgan batafsil hisobot körinişida taqdim etiladi.
Reklama agentliklari bilan hamkorlik qamrovi
Yana bir muhim jihat: Blogix nafaqat in-house (içki) marketing jamoalari va biznes egalari uçun, balki reklama agentliklari uçun ham avtomatlaştirilgan vosita sifatida xizmat qiladi. Agentliklar platforma orqali öz mijozlarining yirik reklama kampaniyalarini bitta joyda oson boşqarişi, rejalaştirişi va natijalarni şaffof nazorat qilişi mumkin. Hozirda EightMedia va WebMedia kabi yirik agentliklar allaqaçon loyihaning doimiy hamkorlariga aylangan. Şuningdek, tizim mutasaddilari yangi reklama agentliklari bilan hamkorlikka doim oçiqligini va ular uçun maxsus eksklyuziv şartlarni taklif qilişga tayyor ekanligini taʼkidlaşmoqda.
Xulosa örnida
Özbekiston raqamli reklama bozori asta-sekinlik bilan yovvoyi xaos davridan çiqib, sivilizatsiyalaşgan, qonuniy va aniq tahliliy raqamlarga asoslangan ekotizimga ötmoqda. Şaffoflik, kafolat va avtomatlaştiriş kabi tamoyillarga tayangan innovatsion yeçimlar nafaqat biznes egalari va marketologlarning kundalik işini yengillaştiradi, balki öz ustida vijdonan işlayotgan blogerlarning ham qonuniy, barqaror rivojlanişiga zamin yaratadi. Tez orada sohadagi eski “qölbola” boşqaruv usullari töliq ötmişga aylanib, barça yirik xizmatlar aynan şunday markazlaştirilgan aqlli platformalar orqali amalga oşirilişi tayin.