Şikastlangan yöl haqida Xalq Nazorati platformasi orqali xabar beriş mumkin. Men buni öz tajribamda sinab kördim: Yunusobod tumanidagi yölni taʼmirlaş böyiça ariza yubordim va hokimlikdan javob oldim. Murojaatni qanday yuboriş, javobni qança kutiş kerakligi va şikoyatning körib çiqilişi har doim ham yöl tez orada taʼmirlanişini anglatmasligi haqida hikoya qilaman.

Yölda çuqurlar paydo bölsa, qayerga murojaat qiliş kerak?

Agar yölda çuqurlar paydo bölsa, yoriqlar tuşsa yoki asfalt qoplamasi buzilsa, Xalq Nazorati platformasi orqali murojaat yuboriş mumkin. «Mening yölim» bölimi şikastlangan yöllar haqida xabar beriş uçun möljallangan bölib, undan viloyatlar aholisi ham foydalanişi mumkin.

Agar köp qavatli uy yonidagi yölda çuqurlar paydo bölsa, uni taʼmirlaşga kim masʼul ekanini aniqlaş doim ham oson emas. Bunday holda tuman hokimligiga murojaat qilib, yölning joylaşuvini körsatiş va masʼul taşkilotni aniqlaşni söraş mumkin.

Yöllarni taʼmirlaşga kim javobgar?

Yöllarni taʼmirlaş uçun masʼul taşkilot yölning toifasi va qaysi idora tasarrufida ekaniga boğliq.

«Avtomobil yöllari töğrisida»gi ÖRQ-1162-son qonunning 10-moddasiga muvofiq, Özbekistonda avtomobil yöllarining uç turi mavjud:

● Umumiy foydalanişdagi yöllar - xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yöllari. Ular Avtomobil yöllari qömitasi tasarrufida.

● Içki avtomobil yöllari - şaharlar, şaharçalar va boşqa aholi punktlarining köçalari. Ularni saqlaş uçun mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari javob beradi.

● Xöjalik yöllari - korxona, taşkilot va boşqa obyektlarga xizmat körsatişga möljallangan yöllar. Ular davlat, yuridik yoki jismoniy şaxslar mulkida bölişi mumkin.

Masalan, agar mahalla içidagi köçada çuqurlar paydo bölsa, tuman hokimligiga murojaat qiliş mumkin. Agar umumiy foydalanişdagi yöl şikastlangan bölsa, Avtomobil yöllari qömitasiga murojaat qiliş kerak.

Bunda yakka tartibdagi murojaat uçun qöşnilardan imzo töplaş şart emas. Şikoyatni bir kişi ham yuborişi mumkin. Agar muammo bir neça aholiga daxldor bölsa, ular jamoaviy murojaat ham yuborişlari mumkin.