Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida Damas avtomobilida me’yoridan ortiq yölovçi olib ketayotgan haydovçiga nisbatan qonuniy çora körildi.

Ma’lum qilinişiça, 21 iyul kuni Qiziltepa tumanidagi Vanğozi mahalla fuqarolar yiğini hududida xizmat olib borayotgan huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari old örindiğida uç nafar bola ötirgan Damas rusumli avtomobilni töxtatişgan.

Maşina töxtatilganida, unda haydovçidan taşqari 17 nafar boğça tarbiyalanuvçisi hamda bir nafar boğça xodimasi borligi aniqlangan.

Haydovçi huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlarining qonuniy talabiga böysunişni istamay, baland ovozda bahslaşgan va voqea joyidan ketişga uringan.

Holat yuzasidan haydovçiga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy çora körilgan.