Tezkor-qidiruv tadbirlari Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi va viloyat Içki işlar boşqarmasi hamkorligida ötkazilgan.
Maʼlum qilinişiça, Toşkent şahri va Toşkent viloyatida yaşovçi, 1989–2005-yillarda tuğilgan beş nafar şaxs Mirobod tumanidagi noturar binoni ijaraga olib, soxta koll-markaz taşkil etgan.
Guruhga aloqador yana bir 1989-yilda tuğilgan fuqaro esa ijaraga olgan xonadonga koll-markaz faoliyatida foydalaniş uçun noqonuniy GSM-şlyuz qurilmasini örnatgan.
Xabarda guruhga Toşkent viloyatida yaşovçi, 1979-yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan şaxs rahbarlik qilgani aytilgan.
Guruh aʼzolari turli banklar nomidan fuqarolarga qönğiroq qilib, göyoki firibgarlar ularning nomiga kredit olişga urinayotganini bildirgan. Şu bahonada jabrlanuvçilarning şaxsiy maʼlumotlarini qölga kiritib, bank kartalaridagi mablağlarni özlaştirgan va ularning nomiga onlayn kreditlar rasmiylaştirgani qayd etilgan.
Taqdim etilgan maʼlumotga köra, jinoiy yöl bilan topilgan jami 8 million AQŞ dollari kriptovalyuta körinişida soxta MÇJ orqali xorijiy davlatga çiqarilib, legallaştirilgan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Dastlabki tergov davomida uşbu faoliyatga aloqador 10 nafar şaxs aniqlangan.
Xabarda bank nomi, jabrlanuvçilar soni va mablağlar qaysi davlatga çiqarilgani oçiqlanmagan.












