DW xabariga köra, Sobyanin mahalliy vaqt bilan soat 12:35 dan 16:10 gaça dronlar urib tuşirilgani haqida qator xabarlar eʼlon qilgan. U tafsilotlarni oçiqlamagan, faqat parçalar tuşgan joylarda favqulodda xizmatlar işlayotganini qayd etgan.

Hujum sabab Moskvaning barça tört aeroporti vaqtinça yopilgan. Ular orasida eng serqatnovi bölgan Şeremetyevoda havo hujumi xavfi haqida ogohlantiriş berilgan.

Moskvaga kelayotgan samolyotlar Sankt-Peterburg, Nijniy Novgorod va boşqa şaharlar aeroportlariga yönaltirilgan. Jumladan, Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroporti 25 ta reysni qabul qilgan.

Ukrainaning Exilenova+ monitoring Telegram-kanali Şeremetyevo aeroportida olingani aytilgan dron parçalari suratini eʼlon qilgan. Boşqa bir monitoring kanali - Exile+ esa hujumda kiçik ölçamli havo şarlari ham qöllanganini bildirgan.

Şu kuni Moskvaning bir neçta naşri guvohlarga tayanib, «Moskva-Siti» işbilarmonlik markazidagi «IQ-kvartal» minorasidan odamlar evakuatsiya qilinganini xabar qilgan. Bu binoda Rossiyaning Raqamli rivojlaniş, Iqtisodiy rivojlaniş hamda Sanoat va savdo vazirliklari ofislari joylaşgan.

«Ostorojno, novosti» Telegram-kanali tarqatgan qisqa videoda ovoz kuçaytirgiç orqali «dronlar xavfi» tufayli binodan evakuatsiya ötkazilişi eʼlon qilingan. Biroq TASS davlat agentligi osmonöpar binolardan birida signalizatsiya xato işga tuşganini bildirgan.

23-oktabr oqşomida Rossiya mudofaa vazirligi kun davomida mamlakatning yetti hududi va qöşib olingan Qrim ustida Ukrainaning 87 ta droni yöq qilinganini maʼlum qilgan. Vazirlik hisobotida Moskva viloyati ham qayd etilgan.