Xitoyning Li Auto krossoverini xarid qilgan rossiyaliklar master-akkaunt öğirlanişining tölqiniga duç keldi. Akkaunt buzilgandan söng, avtomobillar öz funksiyalarining bir qismini yöqotişi mumkin: ekranlar öçib qoladi, iqlim nazorati işlamaydi, ayrim hollarda esa maşinani öt oldirib ham bölmaydi. Bu haqda Autonews xabar berdi.

Naşr maʼlumotlariga köra, kiberjinoyatçilar aslida raqamli boşqaruv kaliti hisoblangan avtomobilning master-akkaunti ustidan nazoratni qölga kiritadi. Şundan söng ular maşina egasi bilan boğlanib, akkauntga kiriş huquqini tiklaş uçun pul talab qiladi. Hozirgaça kamida 20 kişi jabrlangani maʼlum, biroq ularning haqiqiy soni ança köp bölişi mumkin.

Ayni paytda firibgarlar akkauntni qaytariş uçun 35–45 ming rubl talab qilmoqda. 2025-yil yozida kuzatilgan bunday hujumlarning birinçi tölqinida talab qilingan tovon puli 200–250 ming rublga yetgan edi.

Yangi sxemaning öziga xosligi şundaki, buzğunçilar eSender xizmatidagi akkauntlarga hujum qilmoqda - avtomobil egasi master-akkauntni röyxatdan ötkazişda Xitoy telefon raqamlarini aynan şu xizmat orqali işlatadi. Bunda hatto raqam uçun tölovni amalga oşirgan foydalanuvçilar ham tizimga kiriş imkoniyatidan mahrum bölmoqda.

Li Auto kompaniyasining Rossiyadagi rasmiy distribyutori - Sinomach Auto muammo borligini tasdiqladi. Kompaniya maʼlumotlariga köra, xitoylik işlab çiqaruvçi rossiyalik hamkori bilan birgalikda akkauntlarni himoya qiliş va qonuniy egalarining tizimga kiriş huquqini tiklaş mexanizmlarini işlab çiqmoqda.

Şuningdek, avtomobilga egalik huquqini tasdiqlaş tartibini joriy etiş hamda avtorizatsiyani Xitoy telefon raqamlaridan elektron poçtaga ötkaziş rejalaştirilgan. Xuddi şunday tizim 2026-yilgi model qatoriga kiruvçi Li Auto avtomobillarida allaqaçon amal qilmoqda.

Sinomach Auto vakillarining maʼlum qilişiça, yangi yeçimlarni joriy etiliş muddatiga hozirça aniqlik kiritilmagan.

Li Auto egalariga parollarni muntazam ravişda yangilab turiş, tasdiqlaş kodlari va master-akkaunt maʼlumotlarini begonalarga bermaslik, şuningdek, Xitoy raqamining amal qiliş muddatini kuzatib boriş tavsiya etiladi. Akkauntga kiriş imkoniyati yöqolgan taqdirda, kompaniyaning qöllab-quvvatlaş xizmatiga murojaat qiliş va holatni qayd etiş lozim.