Rossiya harbiylari 10-oktabr kuni tongida Zaporijjya şahriga boşqariluvçi aviabombalar bilan zarba berdi. Bomba tuşişi oqibatida beş qavatli uyning bir podyezdi vayron bölgan, şuningdek, atrofdagi boşqa binolar va uylar şikastlangan.
Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati zarba oqibatida 20 kişi, jumladan, uç nafar bola halok bölgani, 18 kişi (şundan uç nafari bolalar) jarohat olgani haqida xabar berdi.
Qutqaruvçilar vayronalar orasidan bir ayolni tirik holda olib çiqişgan. Yana bir neça kişining taqdiri nomaʼlumligiça qolmoqda.

Ukraina milliy politsiyasiga köra, hujum davomida rossiyalik harbiylar şaharning aholi yaşaş kvartallari böylab jami beşta aviabomba taşlagan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Zaporijjaga hujum yuzasidan munosabat bildirdi.
«Bugun Rossiya Zaporijjyadagi turar joy binolariga beşta aviabomba taşlab, dizel eksportiga nisbatan sanksiyalar olib taşlangani uçun minnatdorçilik bildirdi. <...> Bu tun Rossiyada bosimning har qanday yumşatilişi uruşni davom ettiriş mumkinligi, şaharlarga bomba taşlaş mumkinligi haqidagi signal sifatida qabul qilinayotganining yana bir tasdiği böldi. Boşqaça signallar kerak. Rossiya uruşni töxtatiş kerakligini tuşunişi va buning uçun öz yöqotişlarini his qilişi kerak», – dedi Zelenskiy.
Rossiya tomoni hujum yuzasidan izoh bermagan.

9-oktabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgan va şundan keyin Rossiya dizel yoqilğisiga nisbatan sanksiyalar olib taşlanganini eʼlon qilgandi. Tramp ikki davlat rahbarlari AQŞ va boşqa mamlakatlarga dizel yoqilğisi yetkazib beriş böyiça kelişib olganini bildirgan.
Şu bilan bir vaqtda Mayamida Ukraina, Yevropa va Amerika delegatsiyalarining muzokaralari bölib ötdi. Muzokaralar ikki kun davom etişi kerak edi, ammo rejalaştirilganidan ertaroq yakunlandi.
















