Texas ştati gubernatorligi uçun keçgan saylovda Demokratik partiya nomzodi Jina Inohosa amaldagi gubernator, törtinçi muddat uçun nomzodini qöygan respublikaçi Greg Ebbottni mağlub etdi.

Ovozlarning 68 foiz qismi hisoblanganida demokratlar nomzodiga 4 million 30 ming 430 kişi (56,9 foiz) ovoz bergani, amaldagi gubernatorni 2 million 966 ming 486 saylovçi qöllagani (41,9 foiz), Libertarian partiyasi nomzodi 90 ming 716 kişining ovozini qölga kiritgani (1,3 foiz) maʼlum bölgandi.

«Ularning menga şubha bilan qaragani meni aslo taşvişga solmadi. Meni ularning bizga şubha bilan qaragani taşvişga soldi. Texas, men senga bölgan işonçimni heç qaçon yöqotmaganman», – dedi 52 yoşli Inohosa Ostindagi ğalaba oqşomida öz tarafdorlari qarşisida.

Demokratlar uçun bu sensatsion ğalaba böldi. Ostin şahridan ştat vakillar palatasi aʼzosi bölgan Inohosa Texasning lotin amerikalik ilk rahbari böladi, bundan taşqari, u ştatdagi gubernatorlik saylovlarida 1990-yildan buyon ğalaba qozongan ilk demokratga aylandi. 2014-yildan buyon ştatni boşqarib kelgan Ebbott uni ğalaba bilan tabriklagan.

Ebbot şundan keyingi barça poygalarida ikki xonali ustunlik bilan ğalaba qozonib kelgandi.

Şuningdek, Texasda Jeyms Talariko AQŞ Senati uçun saylovda respublikaçilar nomzodi Ken Pakston ustidan ğalaba qozondi.

Azaldan respublikaçilarga moyil bölgan uşbu ştatda senat uçun saylovlarda demokratlar ğalabasi oxirgi bor 1988-yilda kuzatilgandi, öşanda Lloyd Bentsen mazkur ştatdan AQŞ kongressi yuqori palatasiga saylangandi.

Inohosa öz kampaniyasini ötgan yili boşlagandi. U Ebbotni oddiy odamlardan köra boylar manfaatini ustun qöyişda va xarajatlarni kamaytira olmaslikda ayblagan. Ebbot esa Inohosa soliqlarni oşirmoqçi ekanini aytib, uni radikal hamda texasliklarning hayot tarziga tahdid sifatida körsatgan.

Inohosaning ilk saylovoldi vaʼdalaridan biri – ştatning qariyb 32 million aholisining har biriga «Korrupsiya soliği qaytarilişi» deb nomlangan bir martalik 1500 dollarli tölov böldi. U bu pullar Texasning favqulodda jamğarmasi hisobidan qoplanişini aytdi.

Inohosa, şuningdek, data markazlarga qarşi milliy miqyosda kuçayib borayotgan norozilikdan foydalanib, Ebbotni energiyani haddan taşqari köp isteʼmol qiluvçi server omborlari köpayişiga yöl qöyişda ayblagan. Ebbot jamoatçilik ğazabiga javoban yangi data markazlarini tasdiqlaşga vaqtinçalik moratoriy joriy qilişga majbur bölgandi.