Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida özgarişsiz qoldirdi. 4-noyabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida regulyator raisi örinbosari Nodirbek Oçilov inflyatsiya pasayib borayotganiga qaramay, stavkani tuşirişga hali yetarliça asos şakllanmaganini taʼkidlab ötdi, deya xabar berdi Kun.uz muxbiri.
Oçilovning sözlariga köra, Markaziy bank hisob-kitoblarida tariflar oşişining inflyatsiyaga dastlabki taʼsiri qisqa muddatli va nisbatan past bölişi kutilmoqda. Şu sababli asosiy stavkani oşiriş masalasi kun tartibiga qöyilmagan. Biroq tariflar özgarişining keyingi bosqiçlarda inflyatsiyaga taʼsiri ham hisobga olingan. Markaziy bank boşqaruvi ikkilamçi taʼsirlarning oldini oliş va inflyatsion bosimni jilovlaş uçun qatʼiy pul-kredit siyosatini davom ettirişni maqsadga muvofiq deb hisoblagan.
Regulyator raisi örinbosari stavkani 13,5 foizgaça tuşiriş imkoniyati ham muhokama qilinganini taʼkidladi. Uning qayd etişiça, inflyatsion kutilmalar, bazaviy inflyatsiya va valyuta bozoridagi ijobiy tendensiyalar stavkani pasaytiriş uçun muayyan şaroitlarni yuzaga keltirmoqda.
«Bu asoslar yanada kuçayib, bizda köproq işonç hosil qilsa, keyingi yiğiliş kun tartibiga stavkani pasaytiriş masalasi kiritilişi ehtimoli bor», - dedi Oçilov.
Şuningdek, Markaziy bank raisi örinbosari amaldagi prognozlarda asosiy stavkani oşiriş zaruratini körsatuvçi omillar mavjud emasligini bildirdi. Regulyator bahosiga köra, hozirgi 14 foizlik stavka inflyatsion xatarlarni jilovlaş uçun yetarli. Tariflar özgarişining inflyatsiyaga taʼsiri esa qisqa muddatli va yuqori bölmagan darajada bölişi kutilmoqda.








