AQŞ kongressining yuqori palatasi Senatda 100 ta senatorlik örni bor. Agar saylov natijalariga köra kuçlar teng kelib qolganida (50:50), hal qiluvçi ovozni respublikaçi vitse-prezident J.D. Vens bergan bölardi.

AP hisobiga köra, demokratlar respublikaçilardan kamida 7 ta örinni tortib oldi va Senatda 53 öringa egalik qilmoqda. Ular Şimoliy va Janubiy Karolina, Texas, Ogayo, Ayova, Meyn va Kanzasda ğalaba qozondi.

Vakillar palatasida ham demokratlar katta ustunlikka erişdi. 435 örinli palatada köpçilik uçun 218 örin kerak. AP hisobiga köra, demokratlar hozirça 223 ta, respublikaçilar esa 133 ta okrugda ğolib böldi. Demokratlar respublikaçilardan 25 ta örinni tortib oldi.

Respublikaçilar Tramp taşabbusi bilan bir qator ştatlarda saylov okruglari çegarasini özgartirgan bölsada, bu ularni mağlubiyatdan saqlab qolmadi. Masalan, Tramp 2024-yilda 15 foiz farq bilan yutgan Kentukki ştatining 6 okrugida ham demokrat nomzod ğalaba qozondi.

Oraliq saylovlarda 36 ştatda gubernatorlar ham saylandi. AP maʼlumotlariga köra, demokratlar respublikaçilardan törtta gubernatorlik lavozimini tortib oldi.

Eng katta şov-şuvga Texasdagi natija sabab böldi: ştat qonunçilik palatasi deputati Jina Inoxosa uç muddat gubernatorlik qilgan Greg Ebbotni yengdi. Şu bilan u qariyb 40 yil içida ştatning ilk demokrat gubernatori böladi.

AP hisob-kitoblariga köra, hozirda 25 ştatda demokrat, 19 ştatda respublikaçi gubernator bor, qolgan oltitasida sanoq davom etmoqda.

AQŞning yangi Kongressi 3-yanvarda iş boşlaydi. Vakillar palatasidagi köpçilik demokratlarga qömitalarni boşqariş imkonini beradi. Şu orqali ular guvohlarni majburiy çaqiriş va Tramp maʼmuriyati, oilasi hamda biznesiga oid tergov ötkaziş vakolatiga ega böladi.