Prezident Şavkat Mirzieyov Buxorodagi yangi aeroport va unga olib boruvçi BRT yölini 2027-yil Mustaqillik bayramigaça foydalanişga topşiriş böyiça vazifa berdi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Qiymati 300 mln dollarlik aeroport bir vaqtning özida 20 ta samolyot va 1 ming 200 nafar yölovçiga xizmat körsatiş imkoniyatiga ega böladi. Loyiha doirasida aeroportni şahar markazi bilan boğlaş uçun 24 kilometrli yangi va zamonaviy avtomobil yöli barpo etiladi.
Bundan taşqari, jamoat transporti harakatini yengillaştiriş maqsadida avtobuslar uçun 5,5 kilometrli alohida BRT yölagini taşkil etiş ham rejalaştirilgan.
Prezidentning aytişiça, uşbu yangi infratuzilma Buxoroga taşrif buyuruvçi mahalliy va xorijiy sayyohlar uçun yuqori darajadagi qulayliklar yaratadi hamda hududning transport va tranzit salohiyatini sezilarli darajada kengaytiradi.
Şuningdek, yiğilişda viloyatga töğridan töğri aviaparvozlar geografiyasini kengaytiriş masalasiga ham alohida töxtalib ötildi. Xususan, Turkiyaning Pegasus aviakompaniyasi Buxoroga töğridan töğri qatnovlarni yölga qöymoqda.
Kelasi yilda esa Malayziya, Indoneziya, Kuvayt, Misr va Bahrayn kabi davlatlar bilan ham muntazam va çarter aviaqatnovlarni yölga qöyiş böyiça tegişli mutasaddilarga topşiriqlar berildi.

Davlat rahbari Buxoroda turizm xizmatlari va sayyohlar uçun yangi yönalişlarni köpaytiriş masalasiga töxtaldi. Joriy yilda viloyatga 3,5 million xorijlik sayyoh kelişi kutilmoqda. Kelgusida ularning sonini ikki baravar oşiriş maqsad qilingan.
Eski şahar, Yetti pir, Çor Bakr, Poykent, Varaxşa va Vardonze kabi tarixiy majmualarni yagona turizm konsepsiyasi asosida boğlaş közda tutilgan.
Buxoro şahridagi Gulçorboğ mahallasida 50 gektar maydonda 80 million dollarlik turizm markazi taşkil etiladi. Unda körgazmalar zali, amfiteatr va mehmonxonalar joylaşadi.
Jalol Ikromiy mahallasida esa xalqaro tadbirlarga möljallangan 60 million dollarlik kongress-holl qurilmoqda. Kongress-holl yonida “Hilton” va “Holiday Inn” brendlari ostida ikkita yetti qavatli mehmonxona barpo etilmoqda.












