Taqdimotda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qömitasi, Şanxay hamkorlik taşkiloti Kotibiyati, ilmiy-tadqiqot markazlari, diplomatik korpus va işbilarmon doiralar vakillari iştirok etdi.
Özbekiston delegatsiyasi tarkibidan Prezident maslahatçisi O. Davlatov, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, Özbekiston Milliy media assotsiatsiyasi boşqaruvi raisi Odiljon Tojiev, Taraqqiyot strategiyasi markazi ijroçi direktori Eldor Tulyakov va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov örin oldi. Tadbirni Özbekistonning Xitoydagi elçisi Farhod Arziev oçib berdi.
Kitob Xitoyning “Jenmin” naşriyoti tomonidan çop etilgan bölib, uni tayyorlaşda Minzu universiteti olimlari ham iştirok etgan. Naşr xitoylik öquvçilarga Özbekistondagi islohotlar, mamlakatning taraqqiyot strategiyasi va taşqi siyosat ustuvorliklarini davlat rahbarining qaraşlari orqali örganiş imkonini beradi.
Kitobning xitoy tilida çiqişi va taqdimotning taşkil etilişida Özbekistonning Xitoydagi elçixonasi faol iş olib bordi. Elçi Farhod Arziev taqdimotdagi nutqida kitob Xitoy va xalqaro jamoatçilikni Yangi Özbekistonning içki va taşqi siyosatdagi ustuvor yönalişlari bilan taniştirişda muhim manba bölişini taʼkidladi. Xitoy tomoni ham taqdimot yuqori saviyada taşkil etilganini alohida qayd etdi.
Elçixona Pekinda gumanitar yönalişda ham faol işlamoqda. Yaqinda u “Özbekiston - Xitoy: sivilizatsiyalar muloqoti va umumiy meros” tadbirini ötkazdi, taqdimotdan bir kun oldin esa Pekinda Özbekiston madaniyati kunlari oçildi.
Xitoy rasmiylari Özbekiston islohotlarini qanday baholamoqda?
Taqdimotda sözga çiqqan Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qömitasi Tarğibot bölimi rahbari Li Şuley Özbekiston va Xitoy rahbarlari örtasidagi siyosiy iroda ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqiçga olib çiqqanini taʼkidladi. U kitobni Xitoy jamoatçiligi, ayniqsa, yoşlar orasida keng tanitiş, Özbekistonning islohotlar tajribasini örganiş muhimligini qayd etdi.
XKP Markaziy qömitasi Xalqaro aloqalar bölimi mudiri Lyu Xaysin kitobning xitoy tilida naşr etilişini ikki davlat rahbarlari erişgan kelişuvlarni amalga oşiriş va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirişdagi muhim voqea deb atadi.
Lyu Xaysinning fikriça, kitob xitoylik öquvçilarga Özbekistondagi islohotlar, erişilgan yutuqlar, mamlakatning taşqi siyosiy pozitsiyasi va mintaqada tinçlik hamda barqarorlikka qöşayotgan hissasini yaxşiroq tuşuniş imkonini beradi, davlat boşqaruvi tajribasini almaşişning muhim vositasiga aylanadi. U diplomatik munosabatlarning 35 yilligi arafasida Pekin Özbekiston tanlagan taraqqiyot yölini qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanini taʼkidladi.











