Bosh prokuratura huzuridagi departament xabariga koʻra, tezkor tadbir uning Mirzo Ulugʻbek tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan.
Tadbir davomida fuqaro B.A. boshqaruvidagi Gentra avtomobili koʻzdan kechirilgan. Uning yukxonasidan 978 dona «Regapen» topilib, ashyoviy dalil sifatida olingan. Departament maʼlumotiga koʻra, mazkur dorilar sotish maqsadida olib ketilayotgan boʻlgan.
Holat yuzasidan kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bogʻliq jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
















