Yangi turga Infernogallus jamesi nomi berildi. Bu nom «Jeymsning dözax tovuği» degan maʼnoni anglatadi. Uning yaxşi saqlangan toşqotgan qoldiqlari AQŞ ğarbidagi paleontologik topilmalarga boy Xell-Krik hududidan topilgan.
Tadqiqotda AQŞning Stouni-Bruk universiteti va Kanadaning Ontario qirollik muzeyi olimlari iştirok etdi. Ular dinozavrning deyarli töliq saqlangan boş suyagi hamda skelet qismlarini örgandi. Natijalar Nature Communications jurnalida çop etildi.
Bu dinozavr bör davrining oxirida, tirannozavr va tritseratops kabi maşhur yirik jonzotlar bilan bir davrda yaşagan. Biroq ulardan farqli ravişda, ança kiçik bölgan: gavdasi yirik kurkani eslatgan, vazni esa taxminan 12 kilogrammni taşkil etgan.
Infernogallus jamesi quşlarga öxşaş dinozavrlar - oviraptorozavrlar guruhiga mansub. Uning oziqlaniş usulini tuşunişda tişsiz tumşuği va jağ suyaklarining tuzilişi asosiy dalil böldi.
Olimlar kompyuter tomografiyasi yordamida boş suyagining içki va taşqi tuzilişini batafsil örgandi. Suyaklar hamda muşaklar birikkan joylarni tahlil qilib, jağ apparati qanday işlaganini tikladi. Bu usul millionlab yillar avval yaşagan jonzotning ozuqani qanday maydalaganini baholaş imkonini berdi.
Natijada jağ muşaklarining joylaşuvi odatdagidan ança farq qilişi aniqlandi. Uşbu tuziliş pastki jağning oldinga va orqaga harakatlanişiga imkon bergan. Oğiz içidagi bir-biriga mos keluvçi qirra va egatlar esa yumşoq ozuqani eziş hamda maydalaşga yordam bergan.
Tadqiqotçilarning fikriça, bunday mexanizm etli, yumşoq mevalarni qayta işlaş uçun qulay bölgan. Şu asosda ular dinozavr ratsionining katta qismini gulli ösimliklarning mevalari taşkil etgan bölişi mumkin, degan xulosaga keldi.
Şunga öxşaş oziqlaniş mexanizmi hozirgi ayrim mevaxör tötiquşlarda ham uçraydi. Ularda ham jağ harakati yumşoq meva etini ezişga xizmat qiladi. Qadimgi dinozavr va zamonaviy quşlardagi bu öxşaşlik yangi turning ehtimoliy ratsionini tuşunişda muhim ahamiyatga ega.
Biroq jağ tuzilişiga qarab çiqarilgan xulosa dinozavrning har bir yegan ozuqasi aniqlanganini anglatmaydi. Hozirgi dalillar uning yumşoq ösimlik ozuqasini, ayniqsa, mevalarni isteʼmol qilişga ixtisoslaşganini körsatmoqda.
Topilma dinozavrlarning qadimgi ekotizimlardagi örni haqida ham yangi savollarni örtaga taşladi. Meva bilan oziqlanadigan hayvonlar köpinça ösimlik uruğlarining tarqalişiga yordam beradi. Ular yutgan uruğlar hazm bölmay, boşqa joyga tuşsa, ösimlik yangi hududda ösiş imkoniga ega böladi.












