Boş prokuratura huzuridagi Departament tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşirişda HST, VEK va RBMT MÇJ mansabdor şaxslari va boşqalar jinoiy yöl bilan topilgan daromadlarni legallaştirganliklari aniqlangan.
Xabar qilinişiça, ular Telegram messenjyerida narkotik va psixotrop moddalarning noqonuniy savdosi bilan şuğullanuvçi xalqaro guruhga tegişli 58 ta Telegram bot orqali sotilgan narkotik va psixotrop vositalari uçun kelib tuşgan 20,9 mlrd sömni 14 nafar xorijiy fuqaro nomiga Özbekiston banklarida oçilgan 90 ta soxta (drop) kartaga, 8 mlrd sömini Paynet faoliyati bilan şuğullanuvçi HST va VEK MÇJlarga hamda 4,7 mlrd sömini CP kriptodökoniga ötkazişgan.
Keyin esa uşbu va boşqa mablağlarni jamiyatlarning hisob raqamlariga ötkazib olişgan.
Şuningdek, ular aholiga 621,2 mlrd sömlik Paynet xizmatlarini körsatişib, 90,3 mlrd sömlik soliq tölovlarini tölaşdan böyin tovlaganliklari aniqlangan. Bundan taşqari, uşbu faoliyatdan orttirilgan mablağlar hisobidan 50,5 mln AQŞ dollari miqdorida noqonuniy kriptoaktivlar aylanmasini amalga oşirib, şundan 2,4 mln AQŞ dollari miqdoridagi kriptoaktivlarni 14 nafar çet el fuqarosining valyuta hisob raqamlariga ötkazib, jinoiy yöl bilan topilgan daromadlarni legallaştirişgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.












