NASA Falcon Heavy raketasi yordamida Saturnning tabiiy yöldoşi Titanga Dragonfly missiyasini yuborişini e’lon qildi. Loyihaning umumiy qiymati 3,35 milliard dollarni, uçiriş narxi esa tegişli barça işlar bilan birga 257 million dollarni taşkil etadi. Aerokosmik agentlik SpaceX kompaniyasi bilan bu boradagi tegişli şartnomani imzoladi.

Agar barçasi reja böyiça ketsa, ölçami yengil avtomobil kabi keladigan apparat 2028 yilning iyulida uçiriladi. Şundan keyin u olti yil davomida Titan tomon uçadi — u kattaligi böyiça Quyoş tizimida ikkinçi örinda turadi (Yupiter atrofida aylanuvçi Ganimedgina undan katta).

Titanning ölçami — olimlarni qiziqtirayotgan yagona omil emas. U uglevodorodga boyligi, dinamik va xilma-xil dunyo sifatida jozibali ekani bilan ahamiyatli. Titanda nisbatan ziç atmosfera mavjud, u yerda yomğir yoğadi, tabiiy uglevodorod rezervuarlarining qirğoq çiziqlari özgarib turadi. Bir söz bilan aytganda, u köp jihatdan Yerga öxşab ketadi. Titan tarkibida köplab organik birikmalar borligi bois tadqiqotçilar uni örganişga alohida qiziqiş bildirib keladi.

Bundan taşqari, Titan yuzasi ostida suyuq suvga ega butun boşli okean bölişi mumkinligi taxmin qilinadi. Bu esa Saturn tabiiy yöldoşiga bölgan qiziqişni oşiradi. Dragonfly kopteri uni tadqiq etişi va yöldoş yuzasida yuz beradigan jarayonlarga oid köplab savollarga javob topişi kerak.

Rejaga köra, Dragonfly Titan yuzasida 2,5 yil faoliyat yuritadi. U releflarning öziga xosligini örganiş uçun bir joydan boşqa joyga harakatlanadi. Mazkur missiya 2019 yilda 1 milliard dollarlik budjet bilan işga tuşirilişi va 2027 yilda parvozni boşlaş rejalaştirilgan edi. Ammo parvoz sanasiga özgarişlar kiritilib, loyiha qiymati oşib ketdi.