28 Sentabr

20:30

Prezident boks bo‘yicha jahon chempionati sovrindorlari va ularning murabbiylarini davlat mukofoti bilan taqdirladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylarning bir guruhi mukofotlandi. Batafsil

20:18

Prezident ta'lim-tarbiya tizimining bir guruh xodimlarini mukofotladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta'lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi. Hujjat matni prezident matbuot xizmati tomonidan keltirilgan. Batafsil

20:00

«O‘zbekistonda eng obro‘li inson muallim bo‘lishi kerak» - Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga tabrik yo‘lladi

O‘zbekistonda har yili 1 oktabr sanasi O‘qituvchi va murabbiylar kuni sifatida keng nishonlanadi. Batafsil

12:48

«Mening davrimda har bir o‘zbekistonlik milliy jamoaga nomzod» – Vadim Abramov bilan eksklyuziv intervyu

Vadim Abramov O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangani ko‘pchilik muxlislar tomonidan xursandchilik bilan kutib olindi. Batafsil

10:14

O‘zbekiston Suriya va Iroqdan yana 200 dan ortiq fuqarolarini qaytaradi

O‘zbekiston Suriyadan yana 170 kishi va Iroqdan 65 nafar bola qaytishini kutmoqda, deya ma'lum qildi mamlakat tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 25 sentabr kuni BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida. Batafsil

07:32

Markaziy bank inflyatsion targetlash rejimiga o‘tishi mumkin

Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Davlat pul-kredit siyosatini takomillashtirish hamda Hukumat va Markaziy bankning iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta'minlash bo‘yicha choralari samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi ishlab chiqildi va Davlat intrektiv xizmatlari yagona portaliga jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Batafsil

27 Sentabr

23:44

Allamjonov: «AOKA har bir jurnalist va blogerni huquqlari buzilishidan himoya qilishni davom ettiradi»

Saytimiz muxbirlariga tajovuz qilgan Olmazor tuman hokimining ishdan olingan qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdurasul Vahabov bilan bog‘liq voqeaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Komil Allamjonov munosabat bildirdi. Batafsil

21:27

Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi

Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov lavozimidan ozod etildi. Batafsil

21:12

«O‘zbekistonda ochiq ma'lumotlarni taqdim etmaslik milliy xavfsizlikni ta'minlash niqobi ostiga yashiriladi» - Jahon Banki eksperti

Bugun, 27 sentabr kuni, Toshkent shahridagi Inha universitetida «Open Data Tashkent 2019» ochiq ma'lumotlar xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi. Batafsil

20:36

«Davlat organlari nafaqat fuqarolar uchun, balki boshqa hukumat tashkilotlari uchun ham yopiq» - Ekspert

Bugun, 27 sentabr kuni, Toshkentdagi Inha universitetida «ICT Week – Uzbekistan 2019» haftaligi doirasida «Open Data Tashkent 2019» xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Batafsil

18:40

Botir Qudratxo‘jayev: «Noreal qarzdorlik bor, ammo u MIB tufayli kelib chiqmagan»

Shiddatli axborot davrida yashayapmiz. Nafaqat qaysidir shaxslar, mansabdorlar, balki butun tashkilotlar ham o‘z faoliyati bilan tez-tez omma e'tiboriga tushadi, bahs-u munozarlarga sabab bo‘ladi. Batafsil

17:44

«U menga mulozamat qilmadi» - «Erka» amaldor va sarson fuqaro

Avvalboshdan nuqtayi nazarimni bildirmoqchiman: o‘z haqini talab qilish, adolatsizlikka duch kelganda, qayergadir murojaat qilish - siz-u biz salbiy bo‘yoq berishga odatlangan «yozuvchilik» emas. Batafsil

17:14

«E-IJRO AUKSION» orqali mulk xarid qilgan shaxsning huquqi qay darajada kafolatlangan?

Bugun, 27 sentabr kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi»DUKning «E-IJRO AUKSION» YaESM: tadbirkorlar va investorlar uchun yangi imkoniyatlar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Batafsil

16:25

Ixtiyor Abdullayev ishi: DXX raisining sobiq o‘rinbosari 16 yilga, sobiq maslahatchi 17 yilga qamaldi

Bugun, 27 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev va u tomonidan tashkil etilgan jinoiy uyushma a'zolariga nisbatan ayblov hukmi e'lon qilindi. Batafsil

16:25

G‘ijduvon tuman markazidagi tartibsizliklar va chiqindilar nega mutasaddilar e'tiboridan chetda? - Fotolar

Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani markazi viloyatdagi eng gavjum hududlardan biri hisoblanadi. Tobora yirik savdo markaziga aylanayotgan bu tumanga qo‘shni tumanlar, hattoki viloyatlardan ham ko‘plab xaridorlar muntazam qatnaydi. Batafsil

16:10

Ixtiyor Abdullayevga hukm o‘qildi

DXXning sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev va u tuzgan jinoiy uyushma a'zolari ustidan sud jarayoni yakuniga yetdi va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan ushbu jinoyat ishi bo‘yicha hukm e'lon qilindi.  Batafsil

16:05

Sergelidagi arzon uy-joylar narxi yana oshadi. Mish-mishlarda asos bormi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Sergelidagi uylarning narxi yana oshishi borasidagi xabarlar tarqalmoqda. Unga qandaydir surat ham ilova qilinmoqda. Batafsil

12:57

Bog‘ot tumani hokimi jarimaga tortildi. Tumanda fuqarolar paxta terimiga majburan jalb etilgan

Qator nashrlarda Xorazm viloyati Bog‘ot tumani hokimining fuqarolarni paxta terimiga majburiy tarzda jalb etgani to‘g‘risida xabar tarqaldi.  Batafsil

11:54

«Rejada bo‘lgan, lekin chiqarib tashlangan» - Popning ayanchli holatdagi yo‘llari va nemis asirlari qurganidan beri ta'mirlanmagan shifoxona haqida

Namangan viloyati markazidan yo‘lga chiqib, To‘raqo‘rg‘ondan o‘tsangiz, Chust tumani boshlanadi. Chapga qayrilib, yana uzoq yo‘l yurib keyin yo‘lning o‘ng tomonidagi adirliklar asta-sekin, o‘sib-o‘sib tog‘larga aylana boshlaydi. Demak, Popdasiz. Batafsil

11:02

Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidovga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Abdurashid Jo‘raboyev Prezident farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Batafsil

09:59

1 oktyabrdan ayrim turdagi mahsulotlarning aksiz solig‘i oshadi

Prezident “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani xabar berilgandi. Batafsil

09:25

«Straus House» rahbari Ibrohim Isroilov qamoqqa olindi

Avvalroq, ko‘p sonli fuqarolarning shikoyatlariga asosan «Straus House» MChJ vakillarining xatti-harakatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani haqida xabar berilgan edi.  Batafsil

26 Sentabr

22:00

O‘zbekistonlik qiz Turkiya parlamenti deputatining uyida o‘zini otib qo‘ydi. Marhumning akasi politsiya xulosasidan shubhada

O‘zbekistonlik 23 yoshli Nodira Qodirova Turkiya poytaxti Anqara shahrida parlament deputatining uyida o‘zini otib qo‘ydi. Batafsil

20:50

Turkolog olim Andrey Kubatin to‘liq oqlandi va sud zalidan ozod etildi, Ombudsman bu qarorni olqishladi

Bugun, 26 sentabr kuni Toshkent viloyati sudida o‘zbekistonlik tarixchi olim, turkologiya mutaxassisi Andrey Kubatinning ishi ko‘rib chiqildi va olim to‘liq oqlanib, sud zalidan ozod etildi. Batafsil

19:40

So‘nggi kunlarning asosiy mojarosi. Trampning Zelenskiy bilan iyuldagi suhbati nimani anglatadi?

AQSh prezidenti Donald Tramp yana barchaning diqqat markazida. Batafsil

18:10

Jasurbek Ibrohimovning yaqinlari fuqarolik sudi orqali 650 mln so‘mdan ortiqroq kompensatsiya talab qilmoqda

25 sentabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudida marhum Jasur Ibrohimovning yaqin qarindoshlari tomonidan berilgan ariza bo‘ycha sud majlisi boshlandi. Batafsil

17:20

Prezident administratsiyasi rahbariga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Farhod Mahmudov Prezident administratsiyasi rahbariga o‘rinbosar etib tayinlandi. Batafsil
Top