Qator naşrlarda Xorazm viloyati Boğot tumani hokimining fuqarolarni paxta terimiga majburiy tarzda jalb etgani töğrisida xabar tarqaldi.
Aytilişiça, tumanda joriy yil 15 sentyabrdan hududdagi barça şaharça va qişloqlar aholisi, korxonalarning barça işçi-xizmatçilari paxta terimiga safarbar qilingan. Şuningdek, hokim 19 sentabr kuni şu masala böyiça tumandagi 300 ga yaqin fermer xöjaligi rahbarlari, hududlardagi terim otryadlari mas'ullari, budjet taşkiloti va idoralari rahbarlarini yiğib, majlis ötkazgan. Yiğiliş keçki soat 20:30 dan 22:00 gaça davom etgan.
Tuman moliya bölimi boşliği J.Rözmetov va tuman obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği A.Avezov qöl ostidagi xodimlarni paxta terimiga çiqargan.
Mazkur holatni örganiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Davlat mehnat inspeksiyasi boşliği boşçiligida yuborilgan işçi guruh Boğot tumaniga yetib bordi.
Örganiş natijasida Boğot tumanida haqiqatan mehnat qonunçiligi me'yorlari buzilganligi aniqlandi. Şunga muvofiq, Boğot tumani hokimi O.Xolboyev, Boğot tumani moliya bölimi boşliği J.Rözmetov hamda Boğot tumani obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği A.Avezovga nisbatan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga asosan 2 230 000 sömdan 6 690 000 sömgaça, jami 15 610 000 söm miqdorda jarima tayinlandi.

“Ta'kidlaş örinliki, bu yil qölda terilgan 1 kg paxta uçun narxlar oşirilib, birinçi terimda – 800 söm, ikkinçi terimda – 1200 söm tölanişi belgilandi. Terimçilarning qulay mehnat şaroitlari uçun barça zaruriy şart-şaroitlar yaratilyapti. Şuningdek, paxta terimida köngilli sifatida qatnaşiş istagida bölgan fuqarolar uçun terim.uz sayti işga tuşirildi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasida majburiy mehnatning har qanday şakli qonunga xilofdir! Agar Sizni paxta terimi yoki boşqa biror işga majburlaşsa yoki şunday holatga duç kelsangiz, Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga, dmi.mehnat.uz sayti yoki mehnathuquqbot Telegram botiga murojaat qiling!” - deyiladi vazirlik xabarida.











