Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«E-IJRO AUKSION» orqali mulk xarid qilgan shaxsning huquqi qay darajada kafolatlangan?
Bugun, 27 sentabr kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi»DUKning «E-IJRO AUKSION» YaESM: tadbirkorlar va investorlar uchun yangi imkoniyatlar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Matbuot anjumanida markaz direktori Muhiddin Xo‘jayev va qator mas'ul xodimlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi, uning imkoniyatlari va ishlash prinsiplari xususida ma'lumotlar berildi.
Elektron onlayn-auksionlar tashkil etilganidan beri barcha yo‘nalishlar bo‘yicha 18 ming 348 ta mol-mulk savdoga chiqarilib, shundan 11 ming 751 tasi 689 mlrd.so‘mga, yoki boshlang‘ich narxiga nisbatan 130 mlrd. so‘mga ortiq sotilishiga erishilgan.
Shu bilan birga, o‘tkazilgan auksionlar yakunlariga ko‘ra, g‘olib ishtirokchilar tomonidan 2 trln. 372 mlrd. so‘m investitsiya kiritish hamda 33 700 yangi ishchi o‘rin yaratish majburiyatlarini o‘z zimmasiga olganlar.
Kun.uz muxbirining “auksion g‘oliblari bo‘lgan mulkdorlarning bu mulkka bo‘lgan huquqi qay darajada himoyalangan? Auksionda g‘olib bo‘lib, pulini to‘lagan, keyinchalik mulk turli sabablarni vaj qilib qaytarib olingan holatlar ham ko‘p uchrayapti. Bunday vaziyatlarda xaridorning aybi nima?” degan savolga markaz rahbari Muhiddin Xo‘jayev shunday javob berdi:
– Savol o‘rinli, haqiqatan ham ayrim xaridorlar mulkni xarid qilib, pulini to‘lab bo‘lganlaridan keyin ortga qaytarish holatlari uchrayapti. Ammo bunday qilish uchun faqat sud qarori lozim. Sud qaroriga barcha bo‘ysunishi kerak. 1 oktyabrdan kuchga kirayotgan yangi tartibga ko‘ra endi auksionda g‘olib bo‘lgan mulkdorning mulkini qaytarish hatto muhokama qilinishi ham mumkin emas. Bu masala alohida nazoratga olingan. Endi kim auksiongacha bo‘lgan jarayonda xato qilgan bo‘lsa, o‘sha barcha zararni qoplaydi, auksiondan keyin mulk har qanday sharoitda g‘olibda qoladi.
Mavzuga oid
20:45 / 16.04.2026
To‘rt oy oldin sotilgan Qurilish vazirligi binosi yana qayta auksionga qo‘yildi
15:42 / 05.02.2026
Yer auksioni bo‘yicha qalbaki hujjat tayyorlagan shaxs ushlandi
14:27 / 23.12.2025
«Samarador» MChJ Transport vazirligi binosini sotib oldi
07:58 / 18.12.2025