Ijtimoiy tarmoqlarda Sergelidagi uylarning narxi yana oşişi borasidagi xabarlar tarqalmoqda. Unga qandaydir surat ham ilova qilinmoqda. “Özşahar quriliş invest” IK uşbu xabar asossiz ekanligi, xabarda aks etgan hujjat esa heç qanday yuridik kuçga ega emasligini Kun.uz’ga ma'lum qildi.

“Özşahar quriliş invest” injiniring kompaniyasi tomonidan 2017-2018-yillarda respublika şaharlarida jami 24 856ta xonadondan iborat 602ta uy-joylar belgilangan muddatlarda qurib bitkazilib imtiyozli ipoteka kreditlari asosida fuqarolarga foydalanişga topşirildi.
Yuqoridagi qaror bilan tasdiqlangan 2019 yil dasturiga muvofiq kompaniyamiz tomonidan respublika şaharlarida 7 va 9 qavatli ğişt hamda panel tipidagi, 16 qavatli quyma temir-beton tipidagi loyihalar asosida jami 403 ta uy-joylarning quriliş-montaj işlari olib borildi. Hozirda uy-joylarni foydalanişga topşiriş işlari amalga oşirilmoqda.
Uşbu uy-joylarning loyiha-smeta hujjatlari 2019 yil I çoragida davlat ekspertiza körigidan ötkazilib, unga köra, qöşilgan qiymat soliğisiz (QQSsiz) 7 qavatli uy-joylarning 1 m2 narxi örtaça 3 980 000 sömni, 9 qavatli uy-joylarning 1m2 narxi örtaça 4 100 000 sömni, yiğma temir-beton konsturksiyali (panel tipdagi) loyiha asosidagi 9 qavatli uy-joylarning 1 m2 narxi örtaça 4 330 000 sömni, quyma temir-beton tipdagi loyiha asosidagi 16 qavatli uy-joylarning 1 m2 narxi örtaça 4 160 000 sömni taşkil etmoqda.
Uşbu narxlar davlat ekspertiza xulosalariga asosan bölib, uy-joylarda quriliş-montaj işlari yakunlanganidan söng, haqiqiy xarajatlardan kelib çiqib, xonadonlarning 1 m2 haqiqiy narxi şakllanadi. Bunda, yuqorida körsatilgan davlat ekspertiza xulosalari asosida tasdiqlangan baholardan oşmasligini “Özşahar quriliş invest” IK kafolatlaydi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan ma'lumotlarni asossiz ekanligi, aniq va işonçli ma'lumotlarni “Özşahar quriliş invest” IK matbuot xizmati hamda +99895 514 50 50 işonç raqami orqali olişingiz mumkin.












