Bugun, 27 sentabr kuni Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev va u tuzgan jinoiy uyuşma a'zolari ustidan sud jarayoni yakuniga yetdi va Özbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan uşbu jinoyat işi böyiça hukm e'lon qilindi. 

Oliy sud matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, Ixtiyor Abdullayev jinoiy uyuşma taşkil etib, mansab vakolatini suiiste'mol qilib, uyuşgan guruh va jinoiy uyuşma manfaatlarini közlab, juda köp miqdorda pora oliş, Özbekiston Respublikasi manfaatlariga xilof ravişda bitimlar tuziş, tovlamaçilik, özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qiliş, bojxona töğrisidagi qonun hujjatlarini buziş va şu kabi bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, jinoyatlar majmui tariqasida 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosiga hukm qilingan.

Sud tomonidan jinoyatlar oqibatida davlat, şuningdek yuridik va jismoniy şaxslarning manfaatlariga yetkazilgan moddiy zararlarni qoplaşga qaratilgan tegişli çoralar belgilangan.

Ixtiyor Abdullayev 2009 yildan prezident maslahatçisi, 2015 yil aprelidan 2018 yil 31 yanvariga qadar Özbekiston boş prokurori sifatida işlagan. U 2018 yilning 31 yanvaridan 2019 yilning fevraliga qadar DXXga rahbarlik qildi. Şu yil yanvarida soğligi yomonlaşgani tufayli öz arizasiga binoan lavozimdan ozod etilgani xabar qilingandi.

Keyinroq, 2019 yil bahorida unga nisbatan mansab vakolatini suiiste'mol qiliş, poraxörlik bilan boğliq jinoyatlarni sodir etganlik böyiça jinoyat işi oçilgani ma'lum bölgandi.

Kun.uz manbasining ta'kidlaşiça, Ixtiyor Abdullayev tuzgan jinoiy uyuşma faoliyati foş etilişi böyiça tadbirlar Prezident xavfsizlik xizmati raisining birinçi örinbosari Otabek Umarov boşçiligida amalga oşirildi.