Avvalboşdan nuqtayi nazarimni bildirmoqçiman: öz haqini talab qiliş, adolatsizlikka duç kelganda, qayergadir murojaat qiliş — siz-u biz salbiy böyoq berişga odatlangan «yozuvçilik» emas. Aksinça, faollik, öz haq-huquqini talab etiş yöli bilangina nimagadir erişiş mumkin.

Biroq, köpinça tuman yoki mahallaning özida hal qilsa böladigan murojaatlarga duç kelamizki, bu hududlarda öta darajada byurokratiya saqlanib qolayotgani, lavozimiga nomunosib kadrlar işlab kelayotganini körsatadi.

Payariq tumanidagi kiçik bir voqeaga e'tiboringizni qaratmoqçiman. «Yangiariq» mahallasida yaşovçi fuqarolar şu mahallada joylaşgan uçta xonadon örtasida tortişuvga sabab bölgan yölakça borasidagi sud ajrimi bilan tanişiş uçun yordam berişimizni sörab, bir neça marta murojaat qilişdi. Atigi, bitta sud ajrimiga köz yugurtiriş uçun! Va şu sababli özlarining nazdida «yozuvçi» degan nom olişdi...

Savollar köp. Xöp, fuqarolarning murojaati sudda qondirilibdi. Biroq, sud davlat ahamiyatiga molik strategik yoxud maxfiy işni körib çiqmagan bölsa, ajrim fuqarolarning foydasiga çiqqan bölsa, nima uçun ularga ajrim körsatilmagan? Bu şunçaki, e'tiborsizlikmi yo fuqarolarga nisbatan nopisandlik? Bu iş fuqarolar eşikma-eşik sarson böladigan darajada oğir masalami?

Bizningça, agar tuman hokimligi huquqşunosi yoki fuqarolik işlari böyiça Payariq tuman sudi vakillari şu bir parça qoğozni fuqarolarga körsatsa, obrösi tuşib qolmagan, fuqarolar OAVga ketma-ket murojaat qilmagan bölardi.

Xullas, ajrimni oliş, fuqarolarga körsatiş uçun oxir-oqibat Payariq tumaniga ikkinçi marta borib kelişga majbur böldik. Umuman, huzuriga kelganni pisand qilmaslik oqibatida qator idoralarga murojaat qiladigan, sarson böladigan fuqarolar soni oz emas.

Yoki boşqa bir holatni olaylik. Tabiiy gazdan noreal qarzdorlikdan aziyat çekkan fuqarolar keldi (hozir bu masala yeçim topiş arafasida bölgani sababli qaysi tuman ekanini keltirmadik). Öşa tumandagi tegişli idora vakiliga boğlanib, olgan dastlabki javobimizdan siz ham hayron qolasiz:

«Aslida masalaga yeçim topsa böladi, ammo siz aytgan odam töğri muomala qilmadi-da. U menga «nedovolniy» gapirdi».

Iddaoni qarang! Nima, qaysidir taşkilot xatosidan aziyat çekkan fuqaro «nedovolniy» bölmasdan, sarson bölayotgani haqida egilib-bukilib, xursand holda (!) hikoya qilsinmi? Yoki biz şunçalik izzattalablik kasaliga çalindikmi? Boringki, siz burçingizni bajarişingiz kerak bölganda, nega fuqarodan ortiqça mulozamat kutasiz? Buning zamirida tama yotibdimi yoki mansabsevarlik? Harqalay, mansabdorlarning «erkaligi» fuqaroga tuşmasligi kerak.