Bugun, 27 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev va u tomonidan taşkil etilgan jinoiy uyuşma a'zolariga nisbatan ayblov hukmi e'lon qilindi.

Ikki oydan ortiq davom etgan yopiq sud majlisida sudlanuvçilarning, uç yuzdan ortiq jabrlanuvçi va guvohlarning körsatuvlari tinglanib tahlil qilingan, dastlabki tergov organi tomonidan töplangan dalillarga baho berilib, sudlanuvçilarning vajlari tekşirilgan. Natijada, Ixtiyor Abdullayev taşkil etgan jinoiy uyuşma a'zolariga ham turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlangan.

Oliy sud matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, harbiy sud hukmi bilan DXX raisining sobiq örinbosari Jahongir Egamov 16 yilga, DXX raisining sobiq maslahatçisi Alişer Eşonxöjayev 17 yil, Toşkent şahri prokurorining sobiq örinbosari Yorqin Abdullayev 14 yil, Adliya vazirligi Kadrlar bilan işlaş boşqarmasi boşliğining sobiq örinbosari Yusufboy Xöjayev 8 yil, Boş prokurorning sobiq örinbosari Ğayrat Hidoyatov 5 yil, Oliy sud raisining sobiq örinbosari Bahodir Dehqonov 5 yil, Namangan viloyatining sobiq prokurori Uluğbek Toşev 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga sudlanib, har biri muayyan muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan boğliq lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilindi.

Qolgan 15 nafar sudlanuvçiga ham sodir etilgan jinoyatlarning oğirlilik va ijtimoiy xavflilik darajasi hamda ularning jinoyatlardagi iştirokidan kelib çiqib, jazolar tayinlandi. 

Bundan taşqari, sud tomonidan jinoyatlar oqibatida davlat, şuningdek yuridik va jismoniy şaxslarning manfaatlariga yetkazilgan moddiy zararlarni qoplaşga qaratilgan tegişli çoralar belgilandi.

Qayd etilişiça, uşbu jinoiy iş bilan boğliq tergovni amalga oşiriş Özbekiston Respublikasi Prezidenti xavfsizligi Davlat xizmati raisining örinbosari Otabek Umarovga yuklatilgan edi.