Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalarni har kuni maktab ostonasida kutib olib, ularga bilim va tarbiya berayotgan öqituvçilarga samimiy minnatdorlik bildirdi.
«Bolalarni har kuni maktab ostonasida qarşi olib, ularga tafakkur qilişni, öziga işonişni, özgalarni hurmat qilişni hamda Vatanni sevişni örgatadigan insonlarga çin qalbimdan minnatdorlik bildirmoqçiman», - dedi u.
Saida Mirziyoyeva Özbekistonda ustozlarga doimo alohida ehtirom körsatilganini qayd etdi.
«Uşbu qadriyatni asrab-avaylaşimizni va keyingi avlodlarga ham singdirişimizni juda ham xohlayman», - deya taʼkidladi u.
Tabrik yakunida Mirziyoyeva ustozlarga ezgu tilaklarini yölladi:
«Bayramingiz muborak bölsin, aziz Ustozlar. Şogirdlaringizga nimaiki yaxşilik qilgan va qilayotgan bölsangiz, özingizga yuz barobar qaytsin».












