Özbekiston milliy jamoasi 1-oktabr kuni Toşkent şahrida Suriya milliy jamoasiga qarşi örtoqlik bahsini ötkazdi.

28-daqiqada Şerzod Esanov raqib jarima maydoni içida töpni egallab oldi va darvozaga kiritdi.

44-daqiqada Akmal Mozgovoy darvozabon bilan yuzma-yuz çiqib, qulay vaziyatni golga aylantirdi.

49-daqiqada Husayn Norçayev jarima maydoniga yetkazilgan töpni boşi bilan darvozaga aniq yölladi. 90-daqiqada uning özi yana bir bor raqib darvozasini işğol etdi.

Sönggi soniyalarda Suriya bitta gol urişga muvaffaq böldi. Himoyaçi Muhammad Hakimov töpni bexosdan öz darvozasiga yöllab qöydi.

Özbekiston milliy jamoasi FIFA kunlaridan foydalanib uçta örtoqlik öyinini ötkazadi. Avvalroq, 24-sentabr kuni milliy jamoa Farğona şahrida Eronni 3:1 hisobida mağlub etgan edi.

Endi Özbekiston 6-oktabr kuni safarda Janubiy Koreya mehmoni böladi. Öyin Yonʼin şahridagi «Mireu» stadionida ötkaziladi.

Örtoqlik öyini

1-oktabr, Toşkent, «Paxtakor» stadioni

ÖZBEKISTON - SURIA 4:1

Gollar: Şerzod Esanov (28), Akmal Mozgovoy (44), Husayn Norçayev (49, 90) - Muhammad Hakimov (90+3 avtogol)

Özbekiston: Abduvohid Neʼmatov, Abduqodir Husanov (Nurmuhammad Abduğaniyev, 86), Behruz Karimov (Hojiakbar Alijonov, 63), Jahongir Örozov (Muhammad Hakimov, 86), Akmal Mozgovoy (Diyor Xolmatov, 78), Odil Hamrobekov (Umarali Rahmonaliyev, 63), Aziz Amonov (Aziz Xolmurodov, 78), Husayn Norçayev, Abbos Fayzullayev (Jasurbek Jaloliddinov, 63), Şerzod Esanov, Mahmud Mahamadjonov.

Boş murabbiy: Fabio Kannavaro (Italiya)

Suriya: Elias Hadaya, Ahmad Faqa, Ayham Hanz Usu, Abdulloh aş-Şomiy (Xolid Kurdöğli, 58), Jan Yahyo Mustafo (Mahmud al-Mavos, 58), Mahmud al-Asvad (Elmar Abraham, 46), Muhammad Usmon (Visom Duxon, 88), Ahmad Yosin ad-Daliy (Zakariyo Hannon, 46), Yohannes Danho (Abdurrazzoq al-Muhammad, 58), Nuh Leon (Umar as-Soma, 58), Alouddin Yosin ad-Daliy (Muhammad al-Halloq, 46)

Boş murabbiy: Xose Lana (Ispaniya)

Ogohlantirişlar: Mahmud al-Asvad (11), Mahmud Mahamadjonov (77)