Seşanba-juma kunlari Özbekiston böyiça yoğingarçilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda Özgidromet.

Duşanba kuni Özbekiston hududi böyiça havo özgaruvçan böladi, baʼzi joylarda yomğir yoğadi. Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati asosan +18…+21 daraja, şimolda va janubda +23…+26 daraja böladi.

13-oktabr kuni yomğir yoğişi Samarqand, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, şuningdek, keçasi va ertalab Farğona vodiysi viloyatlarida saqlanib turadi.

14–16-oktabr kunlari respublikaning barça hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat +22…+25 daraja, janubda +27…+30 daraja böladi. Şamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi.

Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, 12–13-oktabr kunlari kuçli bölişi mumkin. Baland toğlarda yoğingarçilik (yomğir, qor) kuzatiladi. Duşanba kuni toğoldi va toğli hududlarda sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.

Toşkent şahrida duşanba kunduzi vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Harorat +19…+21 daraja böladi. 13–16-oktabr kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçalari +12…+15 daraja, kunduz kunlari +22…+25 daraja böladi. Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.