Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro Suriyaga (4:1) qarşi öyindan söng jamoaning bugungi holati, yangi taktik sxema, pressing va Osiyo kubogidagi ehtimoliy raqiblar haqida fikr bildirdi.
– Biz uşbu öyinga yaxşi yondaşuv va yuqori kayfiyat bilan yetib keldik. Barça futbolçilar birgalikda, ahil jamoa bölib işlamoqda. Öyindan oldin yigitlarga «örtoqlik öyini» degan tuşunça yöqligini, har bir öyinga jiddiy yondaşiş kerakligini taʼkidladim. Ulardan yuqori tempda va intensiv öynaşni söradim. Biz hali köp jihatlarda rivojlanişimiz kerak. Ammo bosqiçma-bosqiç yaxşi jamoa şakllantirib boryapmiz.
– Endi Janubiy Koreyaga (6-oktabrda) qarşi qiyin safar öyini turibdi. Barça futbolçilarning holati yaxşi va biz töğri yönalişda harakat qilişimiz kerak.
– Men barça futbolçilarning bir xil tempda şuğullanişini xohlayman va hammaga birdek qarayman. Menda «asosiy tarkib» yoki «zaxira futbolçisi» degan tuşunça yöq. Bugun baʼzi futbolçilarni almaştiriş va boşqalarga ham özini körsatiş imkoniyatini beriş muhim edi.
– Odamlar öyin oson keçdi deb öylaşi mumkin. Ammo biz töğri boşlaganimiz, köp yugurganimiz va töğri pressing qilganimiz sababli öyinni özimiz uçun osonlaştirdik. Suriya oson raqib emas. Biz ularning Iordaniyaga qarşi öyinini kuzatdik, öşa bahs 1:1 hisobida yakunlangan edi. Şuning uçun bu öyinga ham jiddiy tayyorlandik.
– Men uçun natijadan köra, jamoaning xarakteri va jamoaviy öyin körsatişi muhimroq. Eronga qarşi bahsda ham buni körsatdik. Ular Osiyodagi eng kuçli jamoalardan biri.
– Albatta, doim ham mukammal öynab bölmaydi. Biz maşğulotlarda barça jihatlar - himoyadan töp bilan çiqişdan tortib standart vaziyatlargaça işlayapmiz. Asosiy eʼtibor qaratişimiz kerak bölgan jihatlardan biri - bosim ötkaziş uçun qulay vaqtni his qiliş.
– Jahon çempionatida top jamoalarga qarşi öynab, bunday bahslarda intensiv va agressiv böliş qançalik muhimligini kördik. Kuçli jamoaga qarşi noqulay vaqtda pressing qilsangiz, raqib bu vaziyatdan oson çiqib ketadi. Şuning uçun futbolçilarga qaçon oldinga çiqib bosim ötkaziş kerakligini örgatyapmiz.
– Futbol - vaqt va hudud öyini. Töp raqibda bölsa, unga öylaş uçun vaqt qoldirmaslik maqsadida hududni toraytirişimiz kerak. Töp bizda bölganda esa, aksinça, köproq vaqtga ega böliş uçun böş hududlarni kengaytirişimiz lozim. Agar töğri vaqtda pressing qilmasangiz, hatto kuçsiz jamoaga qarşi ham muammoga duç kelişingiz mumkin. Sönggi kunlarda futbolçilar biz ulardan nimani talab qilayotganimizni yaxşi tuşunib olişganidan xursandman.












