Davlat aktivlarini boşqariş agentligi bir qator yirik köçmas mulk obektlarini xususiylaştiriş jarayoni natijalari töğrisida ma'lumot berdi.
Ayrim yirik köçmas mulk obektlarini xususiylaştiriş jarayonlari böyiça Davlat tender komissiyasining qarori qabul qilindi. Unga köra:
- Toşkent şahri, Mirobod tumani, Buxoro va Nuroniylar köçalari kesişuvi manzilida joylaşgan “Gazetalar işlab çiqariş majmuasi” binosi böyiça 78,0 milliard söm sotib oliş narxi bilan – “Metro Plaza” MÇJ;
- Toşkent şahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib köçasi manzilida joylaşgan “Içan qal'a” mehmonxona majmuasi böyiça 74,2 milliard söm sotib oliş narxi bilan – “QUADRO IH DMCC” kompaniyasi;
- Toşkent şahri, Sayilgoh köçasi manzilida joylaşgan sobiq “Markaziy bino” (sobiq MXX binosi) böyiça 210,0 milliard söm sotib oliş narxi bilan – “METROPOL GROUP” MÇJ savdo ğolibi deb topildi.
Bildirilişiça, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi savdo ğoliblari bilan davlat aktivining sotilişi yuzasidan oldi-sotdi şartnomasini rasmiylaştiriş işlarini boşlaydi.
Şu bilan birga, “Poytaxt biznes majmuasi” MÇJ mulkiy majmuasi, “Malika” savdo va maişiy xizmat körsatiş majmuasi va “Qizil suv sport soğlomlaştiriş” MÇJni xususiylaştiriş jarayonlari davom etayotgani ma'lum qilindi.








