Samarqand davlat universitetiga 1999-2003 yillarda mazkur oliygohni boşqargan Rustam Xolmurodov rektor etib tayinlangan. Bu özgariş ötgan oyda bölib ötgan, ammo bu ma'lumot mahalliy manbalarda endi ma'lum qilinmoqda.

Öz vaqtida, 2003-2004 yillarda viloyat hokimi sifatida işlagan Xolmurodov yangi lavozimida Olimjon Xolmuhammedovning örnini egallagan.

Texnika fanlari doktori, professor Rustam Ibragimoviç Xolmurodov 1949 yilda tuğilgan. U Samarqand davlat arxitektura-quriliş institutini tamomlagaç, şu yerda assistent, dotsent sifatida faoliyat körsatgan, keyinroq kafedra mudiri, quriliş fakulteti dekani bölgan.

U 1989 yildan 1997 yilgaça mazkur institut rektori lavozimida işlagan, 1997-1999 yillarda esa Özbekiston ta'lim vazirining örinbosari sifatida iş olib borgan. Keyin esa tört yil davomida Samarqand davlat universitetini boşqargan.

2003 yilning 16 dekabrida Rustam Xolmurodov Samarqand viloyati hokimligiga tayinlangan va 2004 yil 9 iyulga qadar uşbu lavozimda faoliyat yuritgan.

Şundan keyin 12 yil davomida biron lavozimda işlamagan.

Ta'kidlaş joizki, Samarqand davlat universitetining rasmiy saytidagi "Rahbariyat" bölimida hali ham Olimjon Xolmuhammedovning ism-şarifi özgartirilmagan.