Yengil atletika böyiça Özbekiston jamoasi aʼzosi Suhrob Xöjayev Osiyo öyinlari çempionligiga erişdi.

Bosqon uloqtiriş bahslarida iştirok etgan uşbu sportçi 74.38 metr natija bilan oltin medalga ega çiqdi.

Öz navbatida, sportning uşbu turida bahslarda qatnaşgan boşqa bir özbekistonlik Ayubxon Fayozov 69.25 metr natija bilan yettinçi örinni egalladi.

Qayd etiş kerakki, Xöjayev bu natijaga uçinçi urinişda erişdi. Bungaça u 2-marta – 2018-yil Jakartada ötkazilgan turnirda hamda 2023-yil Hangçjou mezbonligidagi Osiyo öyinlarida bronza medal bilan kifoyalangandi.

Kun davomida Özbekiston delegatsiyasi vakillari 3 ta kumuş va bitta bronza medal ham qölga kiritgandi.

Şundan uçta kumuş Baydarka va kanoeda eşkak eşiş jamoasi tomonidan qölga kiritildi.

  • Yekaterina Şubina, Arina Tanatmişeva, Milana Duşev-Yaniç va Şahrizoda Mavlonova (baydarka, K4 500 metr)

  • Vladlen Denisov (kanoe, C1 500 metr)

  • Şohsanam Şerzodova va Nilufar Zokirova (kanoe, C2 500 metr)

Şuningdek, sport gimnastikasi böyiça Özbekiston jamoasi aʼzosi Rasuljon Abdurahimov delegatsiyamizga navbatdagi bronza medalini taqdim qildi. Qöşpoyadagi maşqda çiqiş qilgan Abdurahimov 14.433 ball bilan uçinçi örinni egalladi.

Erkin maşq dasturida qatnaşgan Dildora Aripovaga esa medal uçun biroz yetmay qoldi – 13.200 ball bilan törtinçi böldi (uçinçi örindagi xitoylik Yihan Jangning natijasi 13.566).

Şu tariqa, Özbekiston öz hisobidagi oltin medallar sonini 7 taga yetkazdi (15 ta kumuş va 9 ta bronza) va umumiy reytingdagi beşinçi örinni mustahkamladi. Endi törtinçi örindagi Qozoğiston bilan orani bitta oltin ajratib turibdi.

Screenshot_8