Oʻzbekistonda jismoniy shaxslar tomonidan naqd valyutani respublika hududidan olib chiqish meyori 10 ming dollar ekvivalentida belgilanadi. Faqat shu miqdordan oshgandagina deklaratsiyalash talab etiladi.
27-avgust kuni imzolangan prezident farmoniga binoan, yil oxirigacha bu haqdagi qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi kerak.
Maʼlumot uchun, amaldagi meyor 100 mln soʻm ekvivalentini tashkil etadi. 2020-yil 1-sentabrgacha bu meyor 2 ming dollar ekvivalentiga teng edi.







