Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda 1 mln sömlik banknota muomalaga çiqarilgani haqida xabarlar tarqaldi. Markaziy bank bunga izoh berdi.

«Mazkur maʼlumot asossiz bölib, yolğon va feyk ekanligini maʼlum qilamiz. U haqiqatga töğri kelmaydi», - deyiladi regulyator xabarida.

Maʼlumot uçun, «Markaziy bank töğrisida»gi qonunining 39-moddasiga asosan Özbekistonda pul belgilarining nominal qiymati regulyator tomonidan belgilanadi.

Mazkur qonunning 40-moddasiga muvofiq, Markaziy bank mamlakat hududida qonuniy tölov vositasi sifatida banknotlar va tangalar körinişidagi pul belgilarini muomalaga çiqarişda mutlaq xuquqqa ega hisoblanadi. Yangi pul belgilarini Senat maʼqullanganidan söng Markaziy bank yangi pul belgisi tavsifi va uning muomalaga çiqarilişi töğrisidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.