24-sentabr kuni Manğistau oblastida Qozoğiston Harbiy-dengiz kuçlarining 19 nafar harbiy xizmatçisi Kaspiy dengiziga oqib ketdi, deb xabar berdi mamlakat mudofaa vazirligi.
Sönggi maʼlumotlarga köra, töqqiz nafar harbiyning ölimi tasdiqlangan. Yana uç kişi qutqarilgan, şundan bir nafari şifoxonaga yotqizilgan. Qolgan harbiylarni qidiriş işlari olib borilmoqda.
Harbiy idora hodisaga ob-havo keskin yomonlaşişi va şamol kuçayişi sabab bölganini bildirdi.
Qidiruv-qutqaruv operatsiyasida Harbiy-dengiz kuçlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, aviatsiya va boşqa xizmatlar iştirok etmoqda. Mudofaa vaziri Dauren Kosanov boşçiligidagi Mudofaa vazirligi komissiyasi voqea joyiga yöl olgan.
Qozoğiston Boş prokuraturasi harbiy xizmatçilar ölimi yuzasidan jinoyat işi qözğatilgani, operativ-tergov guruhi tuzilganini maʼlum qildi.
Qozoğiston harbiylarining Kaspiy dengizidagi «Xazar qörğoni-2026» nomli harbiy-dengiz maşğulotlari 22-sentabr kuni boşlangandi. Unda Harbiy-dengiz kuçlarining 500 dan ortiq harbiy xizmatçilari, harbiy kemalar ekipajlari, qirğoq bölinmalari, şuningdek, Qirğoq qöriqlaş va havo mudofaasi kuçlari iştirok etmoqda.









