Duşanba va seşanbada Özbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda Özgidromet.

Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Toşkent viloyatida duşanba keçqurun va 29-sentabr kuni keçasi baʼzi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin.

Havo harorati asosan kunduz kunlari +25…+28 daraja, keçalari +10…+13 daraja böladi.

30-sentabr va 1-oktabr kunlari respublika hududi böyiça (Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatidan taşqari) baʼzi joylarda yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. 2-oktabrda yoğingarçilik kutilmaydi.

Harorat keçalari +8…+13 daraja, kunduz kunlari +21…+24 daraja, baʼzi joylarda +26 darajagaça böladi.

Respublikaning toğoldi va toli hududlarida hafta davomida vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, 30-sentabr – 1-oktabr kunlari baʼzi joylarda kuçli yomğir yoğadi. Baland toğlarda qorga aylanişi mumkin.

Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 31-sentabr va 1-oktabrda çöl hududlarda va janubda baʼzi joylarda 14 metr/soniyagaça kuçayadi.

Toşkent şahrida duşanba keçqurun va 29-sentabrda keçasi biroz qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Harorat asosan keçalari +10…+13 daraja, kunduz kunlari +25…+28 daraja böladi.

30-sentabr va 1-oktabrda vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. 2-oktabrda yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçalari +10…+13 daraja, kunduz kunlari +21…+24 daraja böladi. Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.