Bu namoyişlar noyabr oyi boşida litsey öquvçilarining kiçik aksiyalaridan boşlangandi, ötgan haftalar mobaynida kengayib umummilliy tus oldi. Bugungi kunda Parij, Marsel va Lion şaharlarida vaziyat izdan çiqqan. Limoj şahridagi ratuşa binosi yoqib yuborildi. Minglab dökonlar talon-toroj qilinmoqda, köçalarda avtomobillarga öt qöyilmoqda, 2400 dan ortiq namoyişçi xibsga olingan.
Ötmişdagi namoyişlardan farqli ölaroq, bu safargi aksiyalar davlat institutlariga va ramzlariga ham qarşi qaratildi. Şu sababli bugungi namoyişlarni radikal, buzğunçi unsurlar bilan tölib-toşgan namoyişlar deyiş mumkin.
Yarim yildan keyin, 2027-yil aprel oyida Fransiyada prezidentlik saylovlari bölişi kerak. Makronning vakolatlari muddati tugamoqda. Uning özi esa namoyişlar fonida muddatidan oldin isteʼfo beriş niyatida emas.
Bu namoyişlar bölajak prezidentlik saylovlariga jiddiy taʼsir qiladi. Siyosiy maydonda aşaddiy önglar va aşaddiy söllar har doimgidan ham köra kattaroq taʼsirga ega. Aşaddiy önglar, yaʼni millatçilar yetakçisi Marin Le Pen şunday bayonot berdi: «Fransiyaga qattiqqöl prezident kerak. Men prezident bölsam, bunday namoyişlar bölmaydi. Politsiyani kuçaytiraman, köpaytiraman, tartib kuçayadi».
Aşaddiy söllar, yaʼni tenglik tarafdori bölgan «Böysunmas Fransiya» partiyasi yetakçisi Jan-Lyuk Melanşon namoyişçilarni qöllab kelmoqda, u politsiyaçilarni ortiqça tajovuzkorlik körsatişda ayblagan. Namoyişlarni töxtatmaslikka, şu bilan birga, zöravonliklarni, dökonlarni talaşni bas qilişga çaqirgan.
Sörovnomalarga köra, fransuzlarning 35 foizi Marin Le Penga ovoz beriş niyatida. Saylov arafasida bu körsatkiç yanada ortişi mumkin. Prezidentlik saylovlarida nomzodlarning birortasi birinçi turning özidayoq 50 foizdan köproq ovoz olişi dargumon. Marin Le Pen esa ikkinçi turga ötsa, prezidentlik uçun imkoniyati ortib ketadi. Fransiyada hokimiyatga yaşaddiy önglar, islomofoblar kelişi esa Yevropa Ittifoqi siyosatiga jiddiy taʼsir körsatadi.
Namoyişlarni litsey öquvçilari boşlagan bölsa-da, bugun taşabbus boşqalarning qölida. Bu namoyişlarning bayroqdori – qora bloklar. Qora blok vakillari – yuzlarini qora lattalar bilan yopib olgan, asosan yoşlar. Ular orasida sariq nimçalilar ham, afrikaliklar, arablar, işsizlar, mahalliy fransuzlar ham serob. Qora blok – bu guruh yoki harakat emas, balki, metod: maksimal zarar yetkaziş, buzğunçilik qiliş. Şu yöl bilan öz ijtimoiy va siyosiy noroziliklarini bildirişiga intilişadi.
Ayni paytda, bu namoyişlar zamirida ikkita yirik omil mavjud.
Birinçisi, Fransiyada ön yillar davomida töplanib qolgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy noroziliklar. Hayot qimmatlaşib bormoqda, narxlarga nisbatan maoş ösişi ança past. Ijara, öqiş va yaşaş narxi qimmat. Davlat esa ijtimoiy dasturlarni qisqartiriş bilan band. Çunki Fransiya byudjetini muvozanatga soliş uçun hukumat kamida 54 milliard yevroni tejaşi kerak böladi. Bu esa pensiya va ijtimoiy jimoya bilan boğliq noroziliklarni yanada oşiradi.











