46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining soʻnggi – 11-turida Oʻzbekiston asosiy jamoasi Ukraina bilan toʻqnash keladi.

Ukraina 10-turda Xitoyni 3:1 hisobida magʻlub etdi va 16 ochko bilan turnir jadvalida toʻrtinchi oʻringa koʻtarildi. Ushbu jamoa Igor Kovalenko, Vasil Ivanchuk, Igor Samunenkov hamda Roman Degtiyarov kabi kuchli shaxmatchilardan tarkib topgan.

10 turdan keyin Oʻzbekiston-1 18 ochko bilan yakka peshqadam boʻlib turibdi. Eng yaqin taʼqibchi – Hindistonda 17 ochko bor.

photo_2026-09-26_21-58-14

Hindistonning soʻnggi turdagi raqibi esa turnir jadvalida 5-oʻrinda joylashgan Vengriya boʻladi.

photo_2026-09-26_22-10-06

Oʻzbekiston Ukraina ustidan gʻalaba qozonish orqali, boshqa natijalardan qatʼi nazar Olimpiada chempioniga aylanadi.

Shuningdek, Oʻzbekistonni durang natija ham qoniqtirishi mumkin, bu holda Hindiston gʻalaba qozonib, ochkolar soni boʻyicha tenglashib olgan taqdirda ham qoʻshimcha koʻrsatkichlarga qaraladi. Hozir Oʻzbekistonda 378, Hindistonda 343,5 (katta ustunlik).

Oʻzbekistonda yutqazsa ham, chempionlik uchun imkoniyat saqlanib qoladi. Buning uchun Hindiston durang yoki magʻlubiyat qayd etishi kerak boʻladi.

Bahslar soat 11:00 da boshlanadi.