Topilma Özbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti olimlari va xorijlik tadqiqotçilar iştirokidagi ekspeditsiya davomida aniqlangan.
Turkman uzunquloq körşapalagi - Plecotus turkmenicus mamlakat hududida avval qayd etilmagan. Bu fan uçun yangi tur kaşf etilganini emas, avvaldan maʼlum turning Özbekistonda ham uçraşi ilk bor tasdiqlanganini anglatadi.
Taqdim etilgan maʼlumotga köra, mazkur körşapalak asosan 1970-yilgaça bölgan qaydlar va muzey namunalari orqali maʼlum bölgan.
Ekspeditsiya Tabiatni muhofaza qiliş xalqaro ittifoqi - IUCN amalga oşirayotgan «Tabiatni muhofaza qilişda «Yagona salomatlik» loyihasi doirasida taşkil etilgan. Loyiha Germaniya Atrof-muhit vazirligining Xalqaro iqlim taşabbusi - IKI tomonidan moliyalaştiriladi.












