Millionlab odamlar hayotiga zomin bölgan, millardlab insonlar hayotini tubdan özgartirib taşlagan kasallikning kelib çiqişi haqida turli versiya va farazlar mavjud.

Koronaviruslar oilasiga kiruvçi SARS-CoV-2 virusi bilan kasallaniş holati ilk bor Xitoyning Uhan şahrida qayd etilgandi. Oradan bir yil ötib Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining maxsus komissiyasi Uhanda bölib, virusning kelib çiqişini örganişga kirişdi. Unda Ekspertlar mahalliy olimlar, şifokorlar bilan suhbatlaşdi, şahardagi yovvoyi hayvonlar va dengiz mahsulotlari sotiladigan bozordagi vaziyatni örganişdi. Darvoqe, JSSTning maxsus komissiyasini kiritişni Xitoy hukumati paysalga solib keldi va buni JSST ekspertlarida ayrim hujjatlarning yöqligi va delegatsiyani qabul qilişga tayyorgarlik körişga oid qiyinçiliklar bilan izohlagan.

2021 yilda koronavirus (SARS-CoV-2)ning laboratoriyada yaratilgani haqidagi munozaralar köpaygandan köpaydi, deya yozişmoqda Nature jurnalidagi maqola mualliflari Emi Maksmen va Smriti Mallamati.

Aksar olimlar SARS-CoV-2’ning kelib çiqişi tabiiy va odamga hayvondan yuqqan, deb hisoblaşadi. Biroq virusning laboratoriyadan sizib çiqqani haqidagi versiya ham bor. Ba'zi olimlar virusning Uhan virusologiya institutida sun'iy tarzda yaratilgani haqidagi farazni çuqurroq örganişni talab qilişmoqda.

Koronavirus bilan ilk kasallaniş holatlari aynan Uhan şahrida qayd etilgandi. 2021 yilning 26 may kuni AQŞ prezidenti Jo Bayden butun kuçlarni işga solib, koronavirusning kelib çiqişini aniqlaşga çaqirdi. Avstraliya, Yevropa Ittifoqi va Yaponiyani ham virusning kelib çiqişini sinçiklab örganişga da'vat qildi va jumladan şunday dedi: Bugunga kelib, AQŞ Xavfsizlik Uyuşmasi ehtimoliy ikki ssenariy mavjudligi borasida hamfikr. Lekin bu masalada hali uzil-kesil töxtamga kelingani yöq. Men Xavfsizlik Uyuşmasidan bizni yakuniy xulosaga olib boruvçi axborotni töplaş va tahlil qiliş uçun urinişlarni ikki barobarga oşirişni söradim. Öşa hisobotning bir qismi sifatida men zarur ma'lumotlarni, şu jumladan, Xitoyga beriladigan aniq savollarni taqdim qilişni ham söradim. AQŞ hamfikr doiralar bilan töliq, şaffof va dalillarga asoslangan xalqaro tekşiruvda qatnaşiş uçun Xitoyga bosim qilişda davom etadi».