Özbekiston asosiy milliy jamoasi Samarqanddagi Butunjahon şaxmat Olimpiadasining 10-turida Armaniston ustidan 3,5:0,5 hisobida ğalaba qozonib, 18 oçko bilan turnir jadvalida yakka peşqadamligini saqlab qoldi.
Dastlab Javohir Sindarov ikkinçi doskada Robert Hovhannisyanni mağlub etib, hisobni oçdi.
Köp ötmay Muhiddin Madaminov Gabriyel Sargissiyanni taslim etdi va hisobdagi farqni oşirdi.
Şundan keyin Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yoqubboyev raqiblarga qarşi uzoq davom etgan bahs olib borişdi. Yakunda Abdusattorov Haik Martirosyanni baribir mağlub etdi, Yoqubboyev esa qiyin ahvoldaligiga qaramay, Şant Sargisyan bilan bahsni duranggaça olib bordi.
Yakunda Özbekiston 3,5-0,5 hisobida ustunlikka erişdi. 9 tur davomida biror marta yutqazmagan Armaniston mezbonlar qarşisida ojiz qoldi.
Endi Özbekiston-1 jamoasi oçkolari sonini 18 taga yetkazdi va turnir jadvalida peşqadamlikni davom ettirmoqda. Hindiston izma-iz taʼqib qilib kelmoqda, bu turda Özbekiston-2 jamoasini mağlub etgan hindlar hisobida 17 ta oçko bor.
Lekin Özbekiston-1 jamoasini sönggi turda durang natija ham qoniqtiradi. Bu holda Hindiston öz öyinida ğalaba qozongan taqdirda ham qöşimça körsatkiçlar evaziga ikkinçi örinda qoladi.









