Vladimir Putin Rossiya sudi tomonidan yollanişda ayblanib qamalgan AQŞ fuqarosi Stiven Habbardni ozod qildi. Bu haqda Putinning özi Sankt-Peterburgda AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uçraşuvi boşlanayotganida maʼlum qildi. Rossiya prezidenti Habbard allaqaçon Pulkovo aeroportida ekanini qöşimça qilgan. U Uitkoff bilan birga Osloga uçib ketişi taxmin qilinmoqda.

Rasmiy formulirovkaga köra, Habbard «ezgu niyat belgisi sifatida» ozod qilingan – Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarning AQŞ buning evaziga Rossiyaga kimni topşirişi haqidagi savoliga javoban şunday taʼrifni keltirdi. Donald Tramp ham bu bir tomonlama harakat bölgani va Rossiya «prezident Trampga hurmat yuzasidan» evaziga heç narsa talab qilmaganini aytdi. AQŞ prezidenti endi ilgari Rossiyaga «darhol» sanksiyalar joriy etişni talab qilganlar «uzr sörab qönğiroq qilayotgani»ni qöşimça qilgan.

Moskva şahar sudi Habbardga nisbatan hukmni 2024-yil oktabr oyida eʼlon qilgandi. Öşanda u 72 yoşda edi. Tergovçilarga köra, uşbu amerikalik 2014-yildan beri Ukrainada yaşagan va 2022-yil fevral oyida Xarkiv oblastidagi hududiy mudofaa bölinmasi safiga qöşilgan. Bir oy ötib u rossiyalik harbiylar tomonidan asirga olinadi va yollaniş moddasi (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 359-moddasi 3-qismi) böyiça aybdor deb topiladi. Prokuratura uni yetti yil muddatga ozodlikdan mahrum etişni talab qilgan, sud esa olti yil-u ön oyga hukm qilgan. Iş ikki majlisda yopiq tartibda körib çiqilgan. Rossiya rasmiylariga köra, amerikalik sudda aybiga iqror bölgan. Şu bilan birga, Habbardning singlisi öz intervyusida u ingliz tili öqituvçisi bölib işlagani, rossiyaparastligini hamda qurol işlatişni bilmasligini aytgan.

Mosgorsud / TASS / Profimedia
Stiven Habbard Moskva şahar sudida, 2024-yil 7-oktabr

Asirlikda Habbardni qiynoqqa solişgan. Rossiya asirligida bölib qaytgan va amerikalikka hukm eʼlon qilinişigaça u bilan bir xonada saqlangan ukrainalik sobiq mahbus Igor Çiçkoning aytişiça, Habbard va u bilan birga ötirgan ukrainalik harbiylar kaltaklangan, kamsitilgan va oçlikka mahkum qilingan. «Hamma qatori uni ham muntazam ravişda kaltaklaşardi. Uni tayoq va töqmoq bilan urişar, tepkilaşardi. Itlarga talatişar, ovqat berişmas, yölaklarda emaklaşga majbur qilişardi», – degandi u. Habbardning özi Çiçkoga elektr toki bilan ham qiynaşganini aytib bergan.