Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Namanganda 5 yoşli qizça zörlangani bilan boğliq voqea yuzasidan munosabat bildirdi.
Ayni vaqtda xorijda xizmat safarida bölgan PA rahbari jinoyatçi qonun doirasidagi eng oğir jazoga tortilişi taʼminlanişi, «bunday vahşiyona jinoyatlar» uçun javobgarlikni maksimal darajada kuçaytiriş uçun qonun hujjatlariga özgartiriş kiritiş böyiça taklif tayyorlanayotganini maʼlum qilgan.
Namanganda yuz bergan fojia haqida menga xabar berişdi. Bölgan voqeani eşitib, ğazabim içimga siğmay ketdi.
Nazarimda, bunday vahşiyona jinoyatlar uçun aslida ölim jazosini qöllaş kerak. Lekin, ming afsuski, amaldagi qonunçilikda oliy jazo közda tutilmagan.
Tegişli idoralarga barça zarur körsatmalar berildi. Jinoyatçi qonun doirasidagi eng oğir jazoga tortiladi. Şuningdek, beparvoligi bilan bu qabohatga yöl oçgan, norasida bolani asray olmagan barça masʼullar ham jazolanadi.
Şu bilan birga, bu turdagi jinoyatlar uçun javobgarlikni maksimal darajada kuçaytiriş uçun qonun hujjatlariga özgartiriş kiritiş böyiça taklif tayyorlayapmiz.
Uçqörğondagi zörlaş voqeasi
Namangan viloyati Uçqörğon tumanidagi davlat boğçasida 5 yoşli tarbiyalanuvçiga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etilgan. Mazkur holat yuzasidan 12-sentabr kuni 52 yoşli xöjalik işlari mudiriga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, u qamoqqa olingan.
Jabrlanuvçining onasi OAVga bergan intervyusida gumonlanuvçining yaqinlari arizani qaytarib oliş uçun pul taklif qilganini maʼlum qilgan. Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi hodisa yuzasidan işçi guruh tuzib, aloqador xodimlar bilan şartnoma bekor qilinganini bildirgan.
Şuningdek, bolalar ombudsmani holat yuzasidan Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligiga taqdimnoma kiritganini aytgan. Unda xizmat tekşiruvi natijalarini tanqidiy körib çiqiş, xodimlar javobgarligini taʼminlaş va barça MTTlarda bolalar xavfsizligini kuçaytiriş söralgan.
Boş prokuratura uşbu zöravonlik holati yuzasidan JKning 118 (Nomusga tegiş) va 112-moddalari (Öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) böyiça tergov olib borilayotganini maʼlum qildi. Iş ustidan nazoratni boş prokuror öz zimmasiga olgan.









