Bitta talabani xorijda öqitiş davlat budjetiga 30-40 ming dollarga tuşdi. Bu haqda 12 noyabr kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida jamğarma ijroçi direktori örinbosari Javohir Ahmedov ma'lum qildi.

“El-yurt umidi” jamğarmasi 3 ta stipendiya tanlovida 1 million 800 ming dollardan ortiqroq mablağga Jamğarmaning stipendiatlari uçun çegirmalar olişga erişdi. Örtaça bitta stipendiatga bir yilda 30-40 ming dollar moliyaviy mablağ sarflanadi. Agar bu bakalavriat böladigan bölsa, şu mablağ 4 ga köpaytiriladi. Biz bugungi kunda maksimal harakat qiladigan yönalişimiz aynan stipendiatlarning töğridan töğri grant asosida, ya'ni öqiş bilan boğliq xarajatlarida grant oladigan bölsa, uning yaşaşi bilan boğliq xarajatlari, ta'lim olişi, transport, viza, suğurta xarajatlari davlat budjetidan moliyalaştirilişi belgilab qöyildi. Yaqinda qabul qilingan Farmonda ham grantlari bor stipendiatlarga ustuvorlik beriş közda tutilgan”, – dedi u.

Jamğarma ijroçi direktori Adham Bekmurodovning ma'lum qilişiça, sarflangan umumiy xarajatlarni yil oxirida aniqlaş mumkin böladi.

“2021 yilda Jamğarmaga xorijda ta'lim dasturlarini moliyalaştiriş uçun davlat budjetidan 142,5 mlrd söm mablağ ajratilgan. Avvalgi yilga nisbatan 3 barobar köproq. Bakalavriatga 48 milliard, magistraturaga 55 milliarddan ortiq, doktoranturaga 12 milliard sömdan ortiq mablağ sarflanadi. Jamğarma mablaği sarflanişi yil böyi davom etadi. Çunki talabalarning ovqatlanişi, transport xarajatlari doimiy böladi, bu xarajatlar bugun qilinadigan bölsa, ertaga budjetdan qoplanadi. Yil oxiriga kelib umumiy xarajatlar hisoblanadi”, – dedi u.