«Xob bobo» ziyoratgohining 65 bahorni körgan şayxi Suyarqul Ostonaqulovning aytişiça, laylaklar ziyoratgohda uning yoşlik çoğlarida ham bölgan.

«Laylaklar Hindistonga borib kelişini olimlardan eşitganmiz. Yoşligimda ziyoratgohga Toşkentdan olimlar kelib, laylaklar haqida örganiş işlarini olib borişdi. Laylak inlariga çiqiş kerak böldi-yu, lekin ular balandlikka kötarila olişmadi. Men u paytda 4 yoki 5-sinfda öqir edim. Uyalari tomon çiqib olib, laylaklarni ularga olib berib turdim. Oyoqlariga yozuvli tamğa örnatişib ketişdi.


Olimlar Toşkentga jönab ketişlaridan avval laylaklar qayergaça borişini tamğadan bilib otamga aytib ketamiz deyişgan edi.

Oradan bir yil ötib olimlar ziyoratgohga yana taşrif buyurişdi. Ular bu safargi kelişlarida laylaklar Hindistonga borişlarini aytişdi. Hindistonga biz örnatgan belgini körişgan ekan. Qari laylaklar toğdan öta olmagani uçun ziyoratgohda qolişar ekan. Yoş laylaklar esa sovuq tuşdi degunça Hindistonga uçib ketar ekan.

Laylaklar ziyoratgohda 100-150 ta bölsa kerak. Ularni sanamaganmiz. Çor-atrofda yuraveradi ular. Özidan köpayaveradi. Birov ularga tegmaydi. Tekkani qörqadi. Hindistonga uçib keta olmagan qari laylaklar doimgidek şu yerda qolib, zovur va köllarda yuradi.

Laylaklar ovga çiqişadi. Köllarga boradi. Qurbaqa va ilon ovlab tirikçilik qilib kelişadi»,







