19-sentabr kuni keçqurun ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent osmonida ortidan uzun iz qoldirgan yorqin jism aks etgan video tarqaldi. Özbekiston Fanlar akademiyasi matbuot xizmati uşbu hodisa yuzasidan izoh berdi.
FA Astronomiya instituti ekspertlari foto va videomateriallarni dastlabki tahlil qilib, jismning taşqi körinişi, harakatlaniş xususiyatlari hamda qoldirgan izi meteor yoki bolid alomatlariga ega emasligini maʼlum qildi. Uşbu jism raketa qismiga köproq öxşaydi.
Institut katta ilmiy xodimi Kamoliddin Ergaşevning sözlariga köra, eng ehtimoliy taxmin – bu Xitoyning «Tayyuan» kosmodromidan uçirilgan Long March-2D (Chang Zheng-2D) taşuvçi raketasining işlab bölingan birinçi bosqiçidir. Mazkur raketa PIESAT-2 seriyasidagi törtta sunʼiy yöldoşni orbitaga muvaffaqiyatli olib çiqqan edi.
«Dastlabki orbital hisob-kitoblar uçiriş vaqti, raketaning orbitasi hamda Toşkent osmonida hodisa kuzatilgan vaqt va yönaliş örtasida juda yaxşi moslik mavjudligini körsatmoqda. Şu sababli hozirgi bosqiçda eng ehtimolli tuşuntiriş – Toşkent osmonida kuzatilgan hodisa uşbu kosmik uçirişning raketa bosqiçi yoki undan keyingi orbital jarayonlardan biri bilan boğliq bölişi mumkin», – dedi u.
Şu bilan birga, uşbu jismni aynan mazkur raketaning qismi deb qatʼiy xulosa qilişga hali erta, deya qöşimça qildi olim. Hodisani mustaqil ravişda töliq identifikatsiya qiliş uçun yangi uçirilgan obyektlarga oid zarur elementlar va maʼlumotlar xalqaro orbital kataloglarda hozirça mavjud emas.








