Jahon | 02:28 / 10.09.2019
18319
2 daqiqa o‘qiladi

Meteor qulashi aviafalokat deb qabul qilindi

Foto: Global Look Press

Angliyaning janubida mahalliy aholi yengil motorli samolyot falokatga uchraganini ma'lum qilgach, uni qidirish operatsiyasi tashkillashtirildi. Politsiya hech narsa aniqlamagach, aholi meteor parvozini ko‘rgani haqidagi xulosaga kelgan. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi. 

Aholi favqulodda xizmatlarga osmonda uchib, so‘ngra bo‘laklanib, yerga qulagan yorqin obektni ko‘rganini ma'lum qilgan. Devon va Kornuell grafliklari politsiyasi obektni topish uchun qidiruv operatsiyasini tashkillashtirgan. Buning uchun ikkita samolyot jalb qilingan.

Biroq ko‘p o‘tmay operatsiya to‘xtatilib, hech qanday jabrlanuvchilar aniqlanmaganini ma'lum qilgan. Ta'kidlanishicha, agar aviafalokat yuz berganda samolyot qoldiqlari, tutun yoki yong‘in ko‘ringan bo‘lardi.

Bundan tashqari, Kardiff va Dorsetda bir necha kishi janubda meteor qulaganini ma'lum qilgan. Shu bilan birga qidiruv olib borilgan hududda birorta parvoz qayd qilinmagan. 

Britaniyaning koinot monitoringi xizmati meteor taxminan La-Mansh bo‘g‘ozi orqali janub tomon uchganini ma'lum qilgan. Shuningdek, Britaniya va Fransiya monitoring xizmatlari bo‘g‘oz ustida katta olovli shar qayd qilishgan.

Mavzuga oid